08:41 / 19.12.2018
71377

«O‘zavtosanoat»: Jizzaxda avtozavod qurish loyihasi konsepsiyasi o‘zgartiriladi

Foto: PSA Groupe

“O‘zavtosanoat” AJ va PSA Groupe kompaniyasi o‘rtasidagi qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq Jizzax viloyatida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. 

AJ xabariga ko‘ra, loyiha yo‘lovchilar va yuklarni tashishga mo‘ljallangan ikki turdagi yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi.

Qayd etilishicha, hozirda obektda qurilish-montaj ishlari yakuniga yetmoqda. Texnologik va muhandislik jihozlari yetkazib berilishi bo‘yicha tegishli kontraktlar tuzilgan.

Shu bilan birga, boshlang‘ich ma’lumotlardagi ba’zi ko‘zda tutilmagan o‘zgarishlar munosabati bilan, sheriklar loyiha konsepsiyasini o‘zgartirish va iqtisodiy parametrlarni optimallashtirish ustida hamkorlikda ishlamoqdalar, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, loyihaning kelgusi borishi haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston avtosanoati yirik investorni jalb qilgani, u O‘zbekistonga mintaqaviy raqobatchi bo‘lmoqchi ekani xabar berilgandi.

Top