Xitoyning Genertec (China General Technology Group) şirkatiga kiruvçi SMS (China National Machinery IMP. & EXP. CORP) avtomobillar importi va eksporti böyiça transmilliy davlat kompaniyasi Qozoğistondagi yirik avtomobil işlab çiqaruvçi - «SariarkaAvtoProm» ustidan nazoratni qölga kiritdi. Bu haqda Qozoğiston boş vaziri saytida xabar berilgan.

Qozoğiston boş vaziri birinçi örinbosari Asqar Maminning qayd etişiça, bu Qozoğiston avtomobilsozlik sanoati uçun strategik loyiha, u sanoatni rivojlantiriş sur'atlari va taşqi bozorlarga çiqiş uçun eksport salohiyatini oşiradi.
Qöşma korxonani rivojlantiriş doirasida hamkorlar sanoatda işlab çiqariş hajmini 100 ming dona avtomobilga va mahalliylaştiriş darajasini 50 foizga yetkazişni rejalaştirmoqda. Qöşma korxonaga umumiy investitsiyalar miqdori taxminan 1,1 milliard dollarni taşkil etadi.
2019-2021 yillarda işlab çiqarişni rivojlantiriş strategiyasi doirasida JAC, ANKAI, HOWO, HANTENG brendlari ostida avtomobillar işlab çiqariş rejalaştirilmoqda.
Özbekiston asosan Rossiya, Ukraina va Qozoğistonga eksport qilişi, yangi investor esa Xitoyga bor e'tiborni qaratiş niyatida ekaniga qaramay, bu kelişuv, kutilişiça, Qozoğistonga avtomobillar eksporti sohasida Özbekistonning töğridan-töğri emas, biroq mintaqaviy raqobatçisiga aylaniş imkonini berişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Özavtosanoat»ning 2018 yil birinçi yarmidagi sof foydasi ma'lum bölgandi.

















