Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi maqsadli qabulga topshirish uchun o‘sha hududning diplomi talab etilmaydi
Foto: KUN.UZ
2017 yildan boshlab tibbiyot yo‘nalishlarida, keyinchalik agrar va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ham maqsadli qabul asosida davlat granti bo‘yicha o‘qishga qabul qilish boshlangan edi. Shuningdek, o‘tgan yili jizzax va buxorolik abituriyentlar uchun ham ayrim yo‘nalishlarga maqsadli qabul uchun kvotalar belgilandi.
Ilgari qoida bo‘yicha, maqsadli qabulga topshirish uchun faqat o‘sha hududdagi kollej-litseyda o‘qigan bo‘lishi kerak edi. Ya'ni navoiylik abituriyent Navoiy viloyatiga ajratilgan maqsadli qabul uchun da'vogarlik qilmoqchi bo‘lsa, u albatta kollej yoki litseyni Navoiyda tugatgan bo‘lishi shart edi. Bunday taqiq birmuncha kulgili cheklovlarni keltirib chiqarar edi. Masalan, andijonlik abituriyent Farg‘ona tibbiyot kollejida o‘qigan bo‘lsa, unda u na Andijon bo‘yicha, na Farg‘ona bo‘yicha maqsadli qabulga topshira olar edi. Bunday vaziyatda abituriyent shunchaki tibbiyot yo‘nalishida davlat grantida o‘qish huquqidan avtomatik mahrum bo‘lib qolar, faqat kontraktga da'vogarlik qila olar edi.
O‘tgan yili bu cheklov biroz yumshaganday bo‘ldi. Qabul jarayonlari tugashiga 2 kun qolganda respublikadagi 41ta tarmoq kollejlarni (39ta Toshkentdagi, 1ta Farg‘ona va 1ta Samarqand) tugatganlar ham istisno sifatida maqsadli qabulga topshira oladi, deya e'lon qilishdi.
Nihoyat 27.04.2019 yildagi Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarori bilan maqsadli qabulga qo‘yilgan ushbu taqiq butunlay bekor bo‘ldi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, OTM uchun belgilangan qabul kvotalari tarkibida hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan ta'lim yo‘nalishlariga qabul quyidagi toifa abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi:
- muayyan hududda doimiy yashaydigan (pasportdagi ma'lumoti bo‘yicha);
- umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan;
- kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)dan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Bu nima degani?
Endilikda muayyan hududda doimiy yashaydigan (pasportdagi ma'lumot bo‘yicha) istalgan abituriyentlar, ular qaysi hududda tahsil olganidan qat'i nazar, maqsadli qabulga da'vogarlik qila oladi. Masalan, andijonlik abituriyent Farg‘onada o‘qiganmi, Toshkentda o‘qiganmi, Samarqandda o‘qiganmi, farqi yo‘q, endi u Andijon uchun ajratilgan maqsadli qabulga topshira oladi.
Demak, davlat grantiga kirish uchun barchada birdek imkoniyat paydo bo‘ladi.
Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev
Mavzuga oid
13:46 / 23.09.2025
Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun davlat OTMga 500 ta maqsadli kvota ajratildi
20:59 / 22.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
21:40 / 26.07.2025
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
15:25 / 23.07.2025