Özbekiston hududlari va Tomsk viloyati örtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalari böyiça ötkazilgan samarali uçraşuvlar va erişilgan kelişuvlar hududlararo şeriklikni mustahkamlaşga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
"Özbekiston Tomsk viloyatining asosiy taşqi iqtisodiy hamkorlaridan biri bölib, savdo aylanmasi böyiça bozor reytingida 19,3 foiz uluş bilan ikkinçi örinda turadi, – dedi gubernator örinbosari Vasiliy Potyomkin. – Şu munosabat bilan Özbekiston bilan iqtisodiy sohada hamkorlikni yanada rivojlantiriş Rossiyaning uşbu mintaqasi rahbariyatining ustuvor yönalişlaridan biridir".
Özbekiston boş konsuli avval erişilgan kelişuvlarni, xususan, sanoat kooperatsiyasi, neft-gaz va kimyo sanoati sohalaridagi kelişuvlarni amalda tatbiq etişga e’tibor qaratdi.
Uçraşuvda "Özkimyosanoat" va "Özbekneftgaz" vakillarining Tomsk şahriga safarini taşkil etiş, Sirdaryo viloyati hokimligi rahbariyati va Özbekiston Energetika vazirligi hamda Tomsk viloyatining şu kabi tuzilmalari vakillari örtasida onlayn muzokaralar ötkazişga kelişib olindi.
Tomsk viloyati bilan madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, Rossiya tomoni joriy yil avgust oyining ikkinçi yarmida Tomsk şahrida Özbekistonning madaniy va turistik salohiyati taqdimotini, şuningdek, Mustaqillikning 34 yilligiga bağişlangan bayram tadbirlarini ötkaziş böyiça Boş konsulxona taşabbusini töliq qöllab-quvvatladi. Şuningdek, Rossiya tomoni Tomsk universitetlarining özbekistonlik talabalar uçun kvotalarini, jumladan, grant asosida oşiriş imkoniyatini körib çiqilişi ma’lum qildi.












