Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusni 10-20 foiz kasallanganlargina qolganlarga yuqtiradi - JSST
Foto: REUTERS
Koronavirusga chalinish holatlarining aksariyati – 80 foizga yaqini virusning 10-20 foiz kasallanganlardan yuqishi orqali yuz beradi. Bu haqda tvitter orqali uzatilgan savol va javoblar seansida JSST mutaxassisi Mariya van Kerkxove ma'lum qildi.
“Hamma kasallanganlar ham infeksiyani yana kimgadir yuqtirmaydi. Baholashlarga ko‘ra, 10 foizdan 20 foizgacha kasallanganlar qolgan 80 foiz kasallanish holatlariga javobgardir. Bu esa koronavirus tarqalishi “o‘choqlar” bilan yuz berishini anglatadi”, deb tushuntirgan mutaxassis.
Shu munosabat bilan, Kerkxove infeksiyaning ko‘p sonli odamlar bo‘lgan yopiq joylarda, jumladan zaif salomatlikka ega odamlar uzoq vaqt yashaydigan uylar, tungi klublar va turmalarda tarqalishi katta xavf solishidan ogohlantirgan.
O‘z navbatida JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan ushbu suhbatda aholining katta qismi hali ham koronavirus yuqtirishga moyil bo‘lib qolayotganini aytgan. Uning ta'kidlashicha, ayni vaqtda koronavirus infeksiyasini o‘tkazganlar virusga qarshi qancha uzoq vaqt immunitet bilan himoyalanishlari haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid
13:05 / 02.12.2025
Qizamiqdan o‘limlar soni kamaydi, lekin kasallanish ko‘rsatkichlari oshib bormoqda – JSST
20:28 / 16.11.2025
Misr qadimiy kasalliklardan biriga barham berilganini e’lon qildi
13:32 / 16.10.2025
Bakteriyalarning antibiotikka chidamliligi keskin ortmoqda – JSST
18:05 / 15.10.2025