Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyadan Rossiyaga bemor otasini ko‘rish uchun kelgan shaxs «davlatga xiyonat»da ayblanib, 16 yilga qamaldi
Mixail Loshchinin Belgiya fuqaroligiga ega bo‘lgan va 2000 yildan buyon Rossiyada yashamagan. Uni sobiq sevgilisining kartasiga pul o‘tkazib bergani uchun qamashdi.
Pskov oblast sudi 2025 yil yozida Rossiya chegarasida qo‘lga olingan Mixail Loshchininni «davlatga xiyonat» ayblovi bilan 16 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
«Ostorojno, novosti» xabariga ko‘ra, sud Loshchininni «Rossiya Federatsiyasining dushmani deb tan olingan xorijiy davlat vakillarini moliyalashtirish»da aybdor deb topdi. Loshchinin va uning ukrainalik sobiq sevgilisi o‘rtasidagi 2022 yilgi yozishma ayblov uchun asos bo‘lgan, o‘shanda ayol undan pul so‘ragan.
2025 yil 1 iyul kuni Latviya orqali Rossiyaga kirganida Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari uning telefonidan ushbu yozishmalarni topib olishgan. Rossiya va Belgiya fuqaroligiga ega bo‘lgan Loshchinin o‘shanda bemor otasini ko‘rish uchun Sankt-Peterburgga mototsiklda kelayotgan edi. U 2000 yildan beri Rossiyada yashamagan.
Loshchininni qo‘llab-quvvatlov guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, dasturchi chegara hududini noqonuniy kesib o‘tish bahonasida ushlangan va ikki hafta muddatga hibsga olinib, Pskovning Pitalovo shahridagi mehmonxonaga joylashtirilgan. Keyin u Belgorod oblastidagi 2-sonli tergov hibsxonasiga yuborilgan – u yerda ukrainalik asirlar saqlanmoqda. Loshchininning o‘zi u yerda qiynoqqa solingani va kaltaklanganini aytib bergan.
U hech qanday ayblov e’lon qilinmagan holda Belgorod oblastidagi tergov izolyatorida uch hafta ushlab turilgan. Keyin uni Pskovdagi 1-sonli tergov izolyatoriga o‘tkazishgan va rasman «davlatga xiyonat» ayblovi qo‘yilgan.
Mixail Loshchinin bilan bog‘liq voqea Rossiya tashqarisida ham katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Belgiyaning Moskvadagi elchixonasi bir necha marta RF TIVdan diplomatik vakolatxona xodimlariga Loshchininni borib ko‘rishga ruxsat berishni so‘radi. Ammo uning oldiga baribir diplomatlarni kiritishmadi.
Mavzuga oid
21:20
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
08:58
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
20:16 / 03.06.2026
Ukraina navbatda: Zelenskiy urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar haqida gapirdi
13:58 / 03.06.2026