Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi ochilishi kuni Ukraina dronlari Rossiyaning shimoli-g‘arbiy qismiga hujum qildi. Leningrad oblastida 60 ga yaqin dron urib tushirilgan. Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglovning so‘zlariga ko‘ra, Kronshtadt, Kirov va Krasnoselskiy rayonlaridagi infratuzilma obektlariga hujum qilingan, bir necha kishi jarohatlangan. Mahalliy «Bumaga» nashri yozishicha, Fin ko‘rfazi sohilidagi «Marvarid kaskadi» turar joy majmuasidagi uy shikastlangan. Shuningdek, hujumdan so‘ng Peterburg neft terminali ham yonib ketgan. Shahar uzra tutun ustuni ko‘tarilgan. Shu fonda shaharga forum mehmonlari tashrif buyurmoqda.

REUTERS/Stringer
Peterburg porti uzra tutun ustun, 2026 yil 3 iyun
AP / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA
Peterburg neft terminali uzra uchayotgan dron
Peterburg neft terminali
AP / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA