Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya turoperatori Pekin - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha lyuks poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Yo‘nalish 22 kunga mo‘ljallangan bo‘lib, beshta davlat - Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston hududidan o‘tadi. Sayohat narxi ikki kishilik joylashuvda bir kishi uchun 50 700 (ellik ming yetti yuz) dollardan boshlanadi.
Foto: travelandtourworld.com
Britaniyaning Golden Eagle Luxury Trains turoperatori «Poyezdda Buyuk Ipak yo‘li» (The Great Silk Road by Train) yangi hashamatli temiryo‘l sayyohlik dasturi yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi. Bu haqda Travel and Tour World xalqaro sayyohlik nashrida ma’lumot berildi.
Yo‘nalish 22 kunga mo‘ljallangan bo‘lib, beshta davlat - Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston hududidan o‘tadi. Yo‘lning umumiy uzunligi 3 ming 862 kilometrni tashkil etadi. Sayohat Pekindan boshlanib, Toshkentda yakunlanadi.
Tur dasturi qadimgi Ipak yo‘lining asosiy tarixiy va madaniy yodgorliklari atrofida qurilgan: Xitoyda Imperator saroyi, Buyuk Xitoy devori, Tsiandagi terrakota armiyasi, Dunxuandagi Mogao g‘orlari, O‘zbekistonda Samarqand, Buxoro va Xiva.
Ekskursiya dasturidan tashqari, qo‘shimcha tadbirlar, jumladan, Gobi cho‘lida tuyalarda sayr qilish va Olmaotaga samolyotda uchish ham rejalashtirilgan.
Sayohat narxi ikki kishilik joylashuvda bir kishi uchun 50 ming 700 dollardan boshlanadi. Narxga turar joy, ovqatlanish, ekskursiya dasturi, transferlar va sug‘urta kiradi. Birinchi reys 2026 yil 21 sentabr - 12 oktyabr kunlariga rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:28 / 01.04.2026
Xitoy asoschisi Mao haqidagi muhim ma’lumotlar aks etgan hujjatlar AQSh hududida qoladi
17:49 / 01.04.2026
Xitoy va Pokiston Yaqin Sharqdagi urushni tugatish rejasini taklif qildi
20:32 / 31.03.2026
Xitoy qanday qilib kollektiv G‘arbni o‘ziga qaram qilib qo‘ydi?
18:27 / 31.03.2026