Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuror Saidaziz Saidaliyevga 20 yil berishni so‘radi
Prokuror, shuningdek, M. Mirxo‘jayevni 15 yil, G‘. O‘rinboyevni 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilish, jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashni belgilashni so‘ragan.
“Saidaziz Medgorodok” ishida sud tergovi yakunlandi. 26 iyul kungi sud majlisida prokuror muzokara nutqiga chiqib, suddan Saidaziz Saidaliyevga 20 yil, Mirsolih Mirxo‘jayevga 15 yil, boshqa sudlanuvchilarga 3 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni so‘ragan. Bu haqda sudda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Jumladan, davlat ayblovchisi sudlanuvchilar Sh.Samiyevga 15 yil; G‘. O‘rinboyev, F.Alimov va J.Badalovga 13 yil; Sh. Quvvatov, A.Akramov, U. Rahimov va I. Sotiboldiyevga 12; Samadovga 11 yil; D. Sultonovga 8 yil va boshqa sudlanuvchilarga turli muddatlarga qamoq jazosi, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashni belgilashni so‘radi.
Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi Saidaziz Saidaliyevga dastlabki tergov organi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan 14 ta epizod bo‘yicha ayblov e’lon qilingan. Prokuror muzokara nutqida S. Saidaliyev 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilish, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashni belgilashni so‘ragan. Jinoiy yo‘l bilan orttirilgan pul va boshqa boyliklarni jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga, qolgan qismini davlat foydasiga o‘tkazishni so‘ragan.
Keyingi sud majlisida advokat va sudlanuvchilar tinglanadi. Sud 30 iyulga qadar tanaffus e’lon qildi.
Mavzuga oid
23:21 / 08.04.2026
Dunyoga mashhur brendlar O‘zbekistonda kontrafakt mahsulot bo‘yicha sud ishida yutib chiqdi
18:16 / 08.04.2026
Sanjar Karimov ishi sudga chiqdi
18:44 / 01.04.2026
Sudlardan norozi erkak Oliy sud qarshisidagi daraxtga chiqib oldi
09:58 / 01.04.2026