Sanjar Karimovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi mazmunan körib çiqiş uçun sudga yuborildi.
Sud majlislari jadvaliga köra, mazkur jinoyat işi birinçi instansiyada JIB Mirzo Uluğbek tuman sudida sudya Bahrom Berdiyev raisligida körib çiqiladi. Dastlabki sud majlisi 2026 yil 10 aprel kuniga belgilangan.
Jadvalda keltirilişiça, Sanjar Karimov Jinoyat kodeksining 112-moddasi (öldiriş yoki zörlik işlatiş bilan qörqitiş) 1-qismi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi hamda 273-modda (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlab qonunga xilof ravişda tayyorlaş, oliş, saqlaş va boşqa harakatlar qiliş, şuningdek ularni qonunga xilof ravişda ötkaziş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilişda ayblanmoqda.
Jinoyat işida 2 kişi jabrlanuvçi sifatida keltirilgan. Ular Şahzod Rismatov işiga aloqador bölişi mumkin.
Qoçoq “kuyov” va aldangan “kelin” işi
Toşkentda yaşovçi Jamila Olimboyeva yigiti Şahzod Rismatovni firibgarlikda ayblagandi. U Rismatov aldov yöli bilan uyini Sanjar Karimovga rasmiylaştirib berib, evaziga Karimovdan qarzga pul olganini ma’lum qilgan.
Olimboyevaning uşbu da’vosidan söng Sanjar Karimov uyni egalaridan 240 ming dollar naqd tölov evaziga sotib olganini aytib çiqdi.
“Bu mojaroga aloqam yöq. Uyni öz pulimga sotib oldim. Agar ularning biznesi muvaffaqiyatsizlikka uçragan bölsa, buning menga nima aloqasi bor? Men 240 ming dollar tölaganman. Men uyni ularga yordam beriş istagida sotib oldim”, degandi Sanjar Karimov.
2025 yil 21 noyabr kuni JIB Mirzo Uluğbek tuman sudida Şahzod Rismatovga oid jinoyat işini birinçi instansiyada körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni yakunlandi. Sud hukmiga köra, Şahzod Rismatov juda köp miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topildi va unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

















