Jamiyat | 17:09 / 22.09.2021
9650
2 daqiqa o‘qiladi

Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkentdagi Romanovlar saroyi binosini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirmoqda

Knyaz Nikolay Romanov saroyi 1891 yilda me'morlar Vilgelm Geynselman va Aleksey Benua tomonidan qurilgan.

Foto: arabiaweather.com

2019 yilda Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi Toshkentdagi knyaz Nikolay Romanovning sobiq qarorgohini rekonstruksiya qilish va Davlat san'at muzeyi filiali binosiga joylashtirish bo‘yicha me'moriy loyihani ishlab chiqishni boshlagandi.

Hozirgi vaqtda dastlabki konsepsiya tayyor bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi – jamoatchilik uchun ochiq maydon yaratish. Tashrif buyuruvchilar nafaqat muzey mehmoni bo‘lishlari, balki saroyning bog‘ hududida ham vaqt o‘tkazishlari mumkin.

Saroyni qayta tiklash loyihasida o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan birgalikda ishlash uchun Germaniyaning "Ateliyer Brückner GmbH" kompaniyasi mutaxassislari jalb qilingan. Germaniya kompaniyasi murakkab ko‘rgazma loyihalari va doimiy muzey ekpozitsiyalari uchun arxitektura maydonlari konsepsiyalari va dizaynini ishlab chiqishga ixtisoslashgan.

Knyaz Nikolay Romanov saroyi 1891 yilda me'morlar Vilgelm Geynselman va Aleksey Benua tomonidan qurilgan. Ikki qavatli bu bino murakkab hajmli va keng maydonli dizayn yechimiga ega. Saroy fasadlari nafis to‘rli panjaralar, derazalar va dekorativ kichik minoralar bilan bezatilgan.  

1935 yilda bino Pionerlar saroyi bo‘lgan. 1980-yillarda u qimmatbaho buyumlar kolleksiyasi namoyish etiladigan muzeyga aylandi. Mustaqillik davridan boshlab, bino O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining qabul uyi sifatida xizmat qilgan.

Mavzuga oid