O‘zbekiston | 14:04 / 30.08.2025
5589
1 daqiqa o‘qiladi

Ayrim IIO xodimlariga berilgan xizmat uylari xususiylashtirib beriladi

Vazirlar Mahkamasining 28 avgust kungi qaroriga binoan, ayrim toifadagi ichki ishlar organlari xodimlari va pensionerlariga ularga berilgan xizmat uy-joylari xususiylashtirib beriladi.

Bular quyidagilar:

  • 2022 yil 4 iyulga qadar ichki ishlar organlarida xizmat qilib, pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘tagan yoki xizmat davrida orttirilgan kasallik (nogironlik) oqibatida rezervga va iste’foga bo‘shatilgan, o‘zi va turmush o‘rtog‘ining nomida shaxsiy turar joy bo‘lmagan pensionerlarga yoxud vafot etgan pensionerlarning nomida shaxsiy turar joy bo‘lmagan oila a’zolariga (eri (xotini), farzandlari yoki qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga);
  • vafot etgan xodimlarning oila a’zolariga (eri (xotini), farzandlari yoki qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga), basharti ularning nomida shaxsiy turar joy bo‘lmasa.

Mavzuga oid