“Çiqindilar bilan boğliq işlarni taşkil etiş tizimini isloh qiliş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Unga köra, içki işlar organlari tayanç punkti profilaktika (katta) inspektorlariga mahallalarda ekologik nazoratni amalga oşiriş böyiça quyidagi vazifa va vakolatlarni beriş orqali “Ekologik patrul” işlaş tizimi kengaytiriladi:

  • mahallalarda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiatdan foydalanişga doir huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşiriş, brakonerlikka qarşi kuraşiş;
  • ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiatdan foydalanişga doir huquqbuzarliklar hamda brakonerlikka qarşi kuraşiş böyiça bevosita ma’muriy javobgarlikka tortiş va tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiriş.

Ekologik nazorat jamoatçi inspektorlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş töğrisidagi qonunçilik talablarini buzganlik holatlarini aniqlaşi va zarur çoralar körişi natijalariga köra pul mukofotlari bilan rağbatlantiriladi.

Içki işlar organlari tayanç punkti profilaktika (katta) inspektorlari, patrul-post xizmati xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari (xodimlari) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi huquqbuzarliklar böyiça ma’muriy javobgarlikka tortiş çoralari körilişi natijasida jarima sifatida undirilgan mablağlar 30 foizi miqdordagi pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.

Ekologik nazorat jamoatçi inspektorlariga Davlat qömitasi tomonidan yuritiladigan “Yaşil makon” va boşqa platformalardan foydalaniş imkoniyati yaratiladi.