Talabalar uchun Prezident granti joriy etiladi
2021 yildan oliy o‘quv yurtlarida 200 nafar talaba uchun Prezident granti joriy etiladi. Bu grant mablag‘lari o‘qish davri oxirigacha - 4 yil davomida to‘lab beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yoshlar forumidagi chiqishi vaqtida ma'lum qildi.
«O‘rni kelganda, sizlarga yana bir muhim yangilikni aytib o‘tmoqchiman. Keyingi yildan oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yosh uchun Prezident granti joriy etiladi. Agar mavjud Prezident stipendiyasi faqat bir o‘quv yili uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ushbu grant mablag‘lari to‘rt yil davomida to‘lab boriladi», degan davlat rahbari.
Shuningdek, kelgusi o‘quv yilidan boshlab respublikadagi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etiladi.
«Chunki bunday ta'lim maskanlarida o‘qiyotgan yoshlar ham o‘zimizning farzandlarimiz. Ular ertaga yurtimiz taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Shunday ekan, ularga g‘amxo‘rlik qilib, iste'dodini rag‘batlantirsak, o‘ylaymanki, adolatdan bo‘ladi.
Ilm yo‘lini tanlagan iqtidorli yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida keyingi yildan boshlab magistratura va doktorantura bosqichlari uchun Prezident stipendiyasi kvotasini ikki barobarga oshiramiz. Ishonchim komilki, bunday imkoniyat va imtiyozlarga avvalo yangi Renessans poydevorining bunyodkorlari sazovor bo‘ladi», – deya ta'kidladi davlat rahbari.
Mavzuga oid
12:08 / 25.04.2024
TTA va Stomatologiya institutida xorijiy tillardan sertifikat olganlarga stipendiya berilmayotgani aytilyapti
16:58 / 06.02.2024
TDYuU talabalari uchun “Toshkent shahar prokurori stipendiyasi” joriy etiladi
13:51 / 15.12.2023
Koreya o‘zbek talabalari uchun qo‘shimcha stipendiyalar ajratadi
18:58 / 16.11.2023