Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 26 mart kuni davlat tashrifi bilan mamlakatga keldi. Oliy martabali mehmonni “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida davlat rahbari kutib oldi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Tojikiston yetakchisining O‘zbekistonga davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlardagi muhim siyosiy voqealardan biri bo‘ldi. Rasmiy kutib olish marosimi chog‘ida ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.

Ma’lum qilinishicha, tashrif doirasida bugun O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi ham kun tartibidan o‘rin olgan.
Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va hududlararo hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. Tashrif O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.



Mavzuga oid
22:05 / 04.04.2026
Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
15:45 / 03.04.2026
Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
21:18 / 02.04.2026
Istiqlolning 35 yilligi «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida nishonlanadi
18:41 / 02.04.2026