Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Santa-Klaus kiyimidagi jinoyatchi bankni tunadi
AQShning Memfis shahrida Santa-Klaus kiyimidagi jinoyatchi bankni tunadi, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.
Voqea 21 dekabrda City Employee Credit Union bankining bo‘limlaridan birida yuz bergan. Jinoyatchi bankka kulib turgan Santa-Klaus niqobi va qizil kiyimda kirib, odamlarga konfet bera boshlagan. So‘ngra u kassa oldiga kelib, bank xodimiga unga pullarni berish talab qilingan xatni topshirgan.
Jinoyatchi pullarni olib, bankdan chiqib, g‘oyib bo‘lgan. Telekanal jinoyatchi biror-bir qurol bilan tahdid qilgani va qancha pul o‘g‘irlagani haqida hech narsa ma'lum qilmagan.
Kuzatuv kameralaridan yozib olingan parchaga ko‘ra, jinoyatchi, taxminlarcha, afroamerikalik bo‘lgan, u bankdan kichik paket bilan chiqib ketgan. Politsiya jinoyatchini qidirmoqda.