Çetdan kuzatsangiz, ba'zi bolalarning xatti-harakatlarida, gap-sözida ğayritabiiylik seziladi. Ularning taşqi körinişi benuqson, faqat gap-sözlarida noaniqlik, yuz ifodasida atrofga befarqlik bor. Dunyoni öziga xos «puşti közoynak» orqali köradigan bunday bolalar autizm sindromiga çalingan hisoblanadi.

Albert Eynşteyn, Mikelanjyelo, Isaak Nyuton, Motsart kabi daholarga ham xuddi şu taşxis qöyilgan. Şunga qaramay, ular nafaqat normal hayot keçirişdi, balki aqli va iste'dodi bilan şuhrat ham topdi. Demak, autizm jamiyatdan çetlatiş uçun asos ham, nogironlik ham emas, faqatgina davolanişni töğri yölga qöyiş kerak xolos. 

Autizm sindromiga çalingan odamlar soni yil sayin oşib bormoqda, taxminan har 1000 boladan biri autist bölib dunyoga keladi. Bu yönalişda Özbekiston statistikasi yaxşi yuritilmasa-da, jamiyatda autist bolalar uçraydi. 

Autizm haqida

Autizm xastalik emas, uni sindrom yoki öziga xos ruhiy holat deb yuritiş töğriroq bölardi, deb hisoblaydi şifokor-psixonevrolog Nozim Sanaqulov. 

Mutaxassisning sözlariga köra, sindromning ilk belgilari 2-3 yoşda namoyon böla boşlaydi. Asab tizimidagi buzilişlar tufayli bola taşqi ta'sirlarga, atrofidagi voqealarga mutlaqo befarq yoki aksinça öta ta'sirçan böladi. Çaqirganda e'tibor qaratmaydi, bir nuqtaga tikilib qoladi, nigohi doimo tarqoq bölişi ham mumkin. Bir xil harakatni heç bir sababsiz takrorlaş holatlari ham uçraydi. 

«Autizm nima sababdan vujudga kelişi noma'lum. Asosan irsiy moyillik bunga turtki bölişi mumkin. Uni davolaşda dori vositalari, fizioterapiya muolajalaridan miya faoliyatini yaxşilaş uçun qöşimça sifatida foydalaniladi, lekin asosan bolani ijtimoiylaştirişga, köproq muloqotga jalb qilişga e'tibor qaratilişi kerak», – deydi u.  

Soğliqni saqlaş vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qiliş boşqarmasi boş mutaxassisi Nilufar Mansurovaning sözlariga köra, hududlardagi köptarmoqli markaziy poliklinikalarda logoped-psixonevrolog mutaxassislari bölib, ular autizm taşxisi qöyilgan bolalar bilan muayyan tarzda şuğullanadi. 

Şuningdek, «Soğliqni saqlaş tizimini tubdan takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-5590-sonli farmon ijrosini ta'minlaş böyiça vazirlikning çora-tadbirlar rejasiga surunkali kasalliklari va nogironligi mavjud bölgan bolalar uçun hududiy reabilitatsiya markazlarini taşkil etiş orqali bolalarni soğlomlaştiriş va reabilitatsiya qilişni kengaytiriş masalasi kiritilgan.