Ular közingizga tik boqişmaydi, kamdan kam kulişadi. Atrofga befarqdek, lekin ularda katta iste'dodlar yaşirin. Ular – yomğir bolalari.

Ular juda mehribon, sabrli va oqköngil. Heç qaçon yolğon gapirişmaydi, hammani birdek yaxşi körişadi. Öz olamlarida yaşaşadi. Ular – quyoş bolalari.

Autizm va Daun sindromi – ruhiy imkoniyati çeklanganlikning eng köp uçraydigan şakllaridan biri.

Bunday taşxis qöyilganlar köpinça öz olamida yaşaydi, öziga xosligi bois jamiyatdan uzilib qoladi. Ammo yakkalanib qoliş yoki faqatgina öziga öxşaganlarning qurşovida qoliş Daun sindromi va autizmning yanada oğirlaşişiga sabab bölişi mumkin.

Şu bois imkoniyati çeklanganlarni ijtimoiy hayotga moslaştiriş haqida köp gapiriladi. Lekin jamiyat ularning huquqlari va hissiyotlariga daxl qilmagan holda muloqotga kirişişga tayyormi?

Ruhiy imkoniyati çeklangan insonlar bilan muloqotda uning nimalarni his qilişi, sizni, dunyoni qanday körişini biliş muhim. Ulardagi ğayriodatiy harakatlarga nima sabab bölişini biliş uni tuşuniş va ğamxörlik qilişda birinçi qadam böladi.

Yomğir bolalari

Autistik spektrdagi buzilişlar bilan keçuvçi sindrom – autizm bolaning ijtimoiy hayotga moslaşa olmasligi bilan keçadi. Bu kasallik emas, ularning eng asosiy öziga xosligi şundaki, reallikni boşqaça köradi, eşitadi, sezadi.

Ular odatda iqtidorli, ijodkor bölişadi. Şu bois ham yomğir bolalari deb nom berilgan.

Yomğir bolalari bilan muloqotda quyidagi jihatlarni inobatga oliş muhim:

Inson ovozini boşqa tovuşlardan ajrata olişmaydi. Genetik buzilişlar bois ularning miyasi öta faol darajada böladi, şu bois taşqi dunyodan qabul qilinayotgan ma'lumotlarni bir-biriga ulaşga va yaxlit manzara hosil qilişga ulgurmaydi. Dunyoni bölaklarga bölingan holda va qorişiq qabul qilişadi.

Deylik, bola qalam va yuqoriga kötarilgan barmoqni çalkaştirib yuborişi mumkin. Uning uçun inson ovozi boşqa tovuşlardan farqlanmaydi, şu bois çaqirganda ham öz ismiga reaksiya bildirmasligi, ammo köçadagi maşina tovuşiga seskanib ketişi mumkin.

Sezgilar özaro boğlanmagan.