Autizm kasallikmi yo ruhiy holat? Ğayritabiiy bolalar haqida faktlar
|22:50 / 27.12.2018224 4098 min
Kun.uz «Soğlom hayot» loyihasi orqali bugungi kunda köp uçrayotgan kasalliklar töğrisida foydali va kerakli ma'lumotlar berib borişni öz oldiga maqsad qilgan. Bugun defektolog Şahnoza Imomxöjayeva bilan bolalarda uçraydigan autizm kasalligi haqida suhbatlaşamiz. Bu sirli kasallik hozirda olimlar tomonidan örganilmoqda. Autizmli bola atrofga özgaça nazar bilan qaraydi. Ma'lumotlarga köra hozirda dunyodagi har 88 ta bolaning birida autizm kuzatilişi mumkin. Bunday bolalar taşqi körinişidan boşqalardan farq qilmaydi, faqat u özgaça fikrlaydi. Autizm kasalligiga çalingan bolalar bilan işlaş usullari haqida bugun foydali ma'lumotlar berib ötamiz. Şuningdek, bu kasallikni davolaş böyiça Özbekistondagi birinçi xususiy maktab iş faoliyati, dars ötiş usullari haqida ham aytib ötamiz.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Autizm nima?
Autizm (grekça «autos» – «özim» degan söz) – bu ruhiyatning öziga xos holati bölib, bemor taşqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilişni istamaydi. U yolğizlikni yoqtiradi. Yana bir xil xatti-harakat va şunday sözlarni takrorlaydi. Autizm taşxisli bola öz olamida yaşaydi. Fikrlaşi boşqalarnikiga öxşamaydi. Ularning xatti-harakatlari real voqelik bilan boğliq emas. Bemorlarning harakatlarida hissiy keçinmalar asosiy örin tutadi. Bu kasallik sindromi öğil bolalarda qiz bolalarga nisbatan köp uçraydi. Simptomlarning har xilligi va kasallik özgaruvçanligi uşbu kasallikni qiyinligidan dalolat beradi: sezilarsiz autistik xususiyatlardan to doimiy parvariş talab etilişigaça.
Şahnoza Imomxöjayeva
Autizm kasalligini kelib çiqiş sabablari
Olimlarning fikriça,autizm kassaligini kelib çiqiş sabablaridan biri bu – homilani ona qornidalik davrida ma'lum bir turdagi oqsillarning yetişmovçiligi. Ikkinçi sababi, organizmda ikki xil oğir metalning, qörğoşin va simobni, köpayib ketişi. Uçinçi sabab atrof muhitni ekologik buzilişi va homiladorlik paytida kuçli stress holatlarini keçiriş. Anemiya hamda qon bosimning oşişi, buyrakda bosim oşişi – bularning hammasi autizimni kelib çiqiş sabablari hisoblanadi. Bundan taşqari autizm kasalligi belgilarining kengayişini, ya'ni rivojlanişdan ortda qoliş belgilari Retta sindromi, Aspergera sindromi va autizmning klassik simptom komplekslarining köp uçraşi. Şuningdek, kasallik haqida ma'lumot köpaymoqda. Ilgari tortinçoq, uyatçan, introvert va şizofreniyaga moyil bolalarni «ğayritabiiy bolalar» deyişgan bölsa, hozirgi kunga kelib bunday bolalarni autistik bolalar (autizm) deyişmoqda.
Mavzuga oid
Autizm kasalligi yoşga qarab quyidagilarga bölinadi:
Erta bolalik autizmi – 2 yoşgaça;
Bolalik autizmi – 2-11 yoşgaça;
Ösmirlik autizmi 11-18 yoşlargaça.
Autizm belgilari
• Ijtimoiy qoloqlik;
• Muloqotda öz-özi bilan gaplaşiş, har xil qöl harakatlari qiliş;
• Umumiy belgilarning erta boşlanişi.
• Bolaning onasiga bee'tiborliligi (kuliş, jismoniy harakatlar, ovoz çiqarişlar);
• Bolaning «tayyorgarlik» holati yöqligi ya'ni uni kötarişga uringanda qöllarini çözmasligi, tizzalarida turişga harakat qilmasligi, emişdan butunlay töxtaşi;
• Jamoa bilan öynaşni istamaslik, ota-ona va boşqalar bilan öynaganda injiqlik qiliş, yolğiz holda öynaşni xohlaş;
• Ovoz, yoruğlikka bölgan sezuvçanlikning oşib ketişi, bundan taşqari qörqitiş, baqiriq, arğimçoq uçiş kabi öyinlar paytida injiqliklar qiliş;
• Gapiriş qobiliyatining susayişi, hatto mutizm holatigaça. Exolaliyalar, ya'ni sözlarni takrorlaş, ota-onadan eşitgan iboralarni qayta-qayta aytib yuriş yoki multfilmda eşitgan sözlarni doimo aytib yuriş, bu Asperger sindromi deyiladi;
• Ovqatni tanlab yeyiş, iştaha sustligi, uyquning yomonlaşuvi;
• Buyruqlarni bajarmaslik, buyumlarni körsatsa qaramaslik, özining ismiga e'tibor bermaslik;
• Belgilangan tartibga qat'iy rioya qilişi, ya'ni bir vaqtda uyğonişi, buyumlarni bir joyda saqlaş, jismlar şakliga qarab saralaş va şu kabilar;
• Sözlaşiş qobiliyatining yaqqol buzilişi kattalar kabi iboralar işlatib gapiriş, bir xil sözlarni takrorlab yuriş, dialogga kirişmaslik;
• Xavflardan qörqmaslik: balandlik, avtotrassa, hayvonlardan qörqmaslik, lekin oddiy buyumlardan qörqiş, masalan qaynab turgan çoynak, elektr yoqgiç va şu kabilar;
• Harakatlardagi takrorlar aylanib turiş, tebranib turiş, imo-işoralarning takrorlanişi;
• Jahldorlik, kulgi, vahimaning öz-özidan paydo bölişi;
• Ba'zi bir ğayritabiiy holatlarga e'tibor qaratiş, masalan eslab qoliş qiyin bölgan sonlarni eslab qoliş, qöşiqlar sözlarini esda saqlaş, öqib bölmaydigan yozuvlar yoziş;
Ösmirlik autizmida belgilarga autistning gormonal özgarişlari ham qöşiladi. Diagnozni faqatgina belgilarga asoslanib, psixiatr şifokor qöyadi. Köpçilik autist bolalar adabiyotlarda keltirilgan autizm belgilariga mos kelmasligi mumkin. Ba'zi hollarda autist bolalar insonlar bilan muloqotga ham kirişişlari mumkin, bu esa diagnoz qöyişda qiyinçiliklar tuğdiradi.
Autizmni davolaş
Davolaş maqsadida ortda qolayotgan jihatlarni korrektsiya qiliş uçun barça turdagi autist bolalarga mos keladigan quyidagi çora tadbirlar qöllaş mumkin:
• Gapiriş qobiliyatini yaxşilaş maqsadida logoped bilan maşğulotlar olib boriş;
• Sözlaşiş uçun rasmli kartoçkalardan foydalaniş yoki planşet, kompyuterda sözlarni yozib örgatiş;
• Bola bilan har xil öyinlar öynaş, bir sferada faqat bir mutaxassis bilan;
• Medikamentoz davo faqatgina qöşimça sifatida bolada kuçli agressiya bölsagina buyuriladi.
Autizmga çalingan bemor bolalarni qanday bölsa, şunday qabul qiliş kerak. Kattalar buni öz vaqtida aniqlab, ularni qöllab-quvvatlaşlari zarur. Autizm kasalligi homila ona qornidalik davridayoq uning boş miyasi rivojlanişida ba'zi oqsillarning yetişmasligi sababli paydo bölişi mumkin, degan taxminlar mavjud. Bu xastalikning irsiyat bilan boğliqligi hali töliq örganilmagan. Amerikalik va fransiyalik olimlar guruhi boş miya rivojlanişining ilk bosqiçlarida hid sezişda iştirok etadigan özak hujayralarni örganiş zarur, degan xulosaga kelişdi. Çunki, burundan osonlik bilan olinadigan biopsiya surtmasi bu hujayralarni örganişda bebaho usul hisoblanadi.
Autizm kasalligini davolaş böyiça Özbekistonda birinçi xususiy «Şukrona Ta'lim» maktabi 2018 yilning sentyabr oyida öz faoliyatini yuritişni boşlagan. Uşbu maktabda autizm taşxisli bolalarga aligafrenopedagogikadan taşqari, butun dunyo tan olgan xulq atvorning amaliy tahlili metodikasi – ABA terapiya yönalişi böyiça işlar, amaliy maşğulotlar olib boriladi. Bunda ular muloqotga kira olmaydigan bolalar bilan peks terapiya yordamida maşğulotlar olib borişadi.
Şu vaqtgaça autizm kasalligini genetik kasallik deb hisoblaşgan. Lekin sönggi ma'lumotlarga köra, autizm kasalligi atrof-muhitdagi zararli-kimyoviy moddalarning köpayişidan kelib çiqmoqda. Kasallikni erta aniqlab muhitni özgartiriş ijobiy samara beradi.