17 noyabr kuni Samarqand şahrida «Samarkand Half Marathon» xayriya yarimmarafoni yakunlari böyiça matbuot anjumani bölib ötdi. Tadbirda boş vazir örinbosari, Turizmni rivojlantiriş qömitasi raisi Aziz Abduhakimov ham iştirok etib, bu yilgi yarimmarafon autizmga çalinganlarni qöllab-quvvatlaş şiorida ötkazilgani haqida gapirdi.

«Bu yilgi yarimmarafonning eng asosiy maqsadi - autizmga çalingan insonlarning muammolari töğrisida köproq öylaşimiz kerakligi. Köplab ota-onalar bilan muloqotda bölganimizda bir muammo borligi aniqlandi. 16 yoşgaça bölgan autizmga çalingan bolalarga jamiyat, ota-onalar va mutasaddilar tomonidan e'tibor qaratiladi. Afsuski, 16-18 yoşga tölgan, autizmga çalingan hamyurtlarimiz juda katta muammolarga duç keladi. Ularning muammosi şundan iboratki, köplarining ota-onalari 60-65 yoşdan oşadi, imkoniyatlari ham kamayib ketadi. Köplari bolasiga qaray olmay qoladi.

Autizmga çalingan bola köproq yoşi katta bölgan ota-onalarda tuğiladi. Bu degani, ayrimlarining umri ham uzilişi mumkin. Bolalar esa e'tiborsiz qolib ketadi. Ularga qaraydigan ota-onasi bölmay qolişi ehtimoli baland. Bu köp uçrab turibdi.

Bunday bolalar köpinça e'tiborsiz qolib yo muruvvat uylariga, yoki kasalligi qattiqroq rivojlangan bölsa, maxsus tibbiyot muassasalariga joylaştiriladi.

Ota-onalar bilan gaplaşganimizda ular şuni aytişdiki, bunday bolalarni 16-18 yoşgaça işga joylaştirişimiz kerak.

Aytmoqçi bölganim, autizmga çalingan bolalar IT sohasida juda kuçli qobiliyatga ega, şuningdek, ularni hunarmandçilikka jalb etişimiz mumkin. Qandaydir yangi tizimni yaratiş kerak, bu masala tegişli vazirlik va idoralar bilan, hukumat darajasida ham körib çiqiladi. Özlarini boqib ketadigan yönalişlarni belgilab olişimiz lozim.

Işçi guruh taşkil etdik. Ota-onalar va mutaxassislar bilan maslahatlaşib, ya'ni aksiyadan aksiyagaça emas, balki doimiy işlaydigan bir tizimni yaratişimiz davr talabi. Buning vaqti keldi. Samarqand yarimmarafonida töplangan mablağlar tuşumi ham ortib bormoqda. Bu töğrisida ham batafsil axborot beriladi. Uşbu mablağlar hisobidan ularga ijod qiliş uçun imkoniyati bor maxsus xonalar ham yaratib beriladi», dedi boş vazir örinbosari.