Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtda balandligi 57 metr bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatiladi
Bugun, 20 mart kuni soat 15:00 da Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek va Maxtumquli ko‘chalari kesishmasida balandligi 57 metr bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i o‘rnatiladi-, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati.
Mazkur hududda bahoriy ayyom – Navro‘z munosabati bilan “Navro‘z” nomli sayilgoh ochiladi va musiqali favvora ham ishga tushiriladi. Tadbirda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar baland bayroqlar respublikamizning turli nuqtalarida o‘rnatildi. Jumladan, o‘tgan yilning 7 dekabr kuni tunda Samarqand shahrining Ko‘ksaroy maydoni uzra o‘rnatilgan ulkan flagshtokda O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i hilpiray boshlagan. Flagshtokning balandligi 60 metrni tashkil etadi.
Mavzuga oid
17:01 / 08.11.2024
Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bayrog‘i qabul qilindi
10:53 / 09.05.2024
Berlin meri 9 may kuni Rossiya bayroqlari taqiqlanishiga izoh berdi
14:12 / 25.03.2024
Rossiyada barcha ta’lim muassasalariga mamlakat bayrog‘ini osib qo‘yish majburiyati yuklandi
19:53 / 20.12.2023