1 sentabrdan boşlab Rossiyadagi barça ta’lim muassasalari öz binolarida RF davlat bayroğini osib qöyişi yoki doimiy ravişda öz binolariga örnatişi şart. Prezident Vladimir Putin tomonidan imzolangan tegişli qonun 23 mart kuni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi. 

Qonunning amaldagi tahriri faqat umumiy ta’lim muassasalariga (maktab, gimnaziya va litseylar) nisbatan qöllanadi. Yangilik bolalar boğçalari, kollejlar va oliy öquv yurtlariga ham ta’sir qiladi. 

Joriy yilning fevral oyida bir guruh Davlat dumasi deputatlari va Federatsiya kengaşi a’zolari mamlakatdagi barça ta’lim muassasalari uzra bayroq kötarib qöyişni majburiy qilişni taklif etgandi. Parlamentning har ikki palatasi ham mart oyida taşabbusni ma’qullagan.