Berlinning hukmron burgomistri Kay Vegner Yevropada 8-9 may kunlari nişonlanadigan Ikkinçi jahon uruşi yakunlangan sana munosabati bilan şahar va uning atrofidagi hududlardagi sovet obidalari yaqinida rus ramzlari taqiqlangani haqida fikr bildirdi.

«Bugun biz 8 mayni, ozodlik kunini, uruş tugagan kunni nişonlayapmiz va hozirda uruş olib borayotgan mamlakatlarning bayroqlari bu yerda körsatilmasligi kerak», dedi Vegner DW muxbirining savoliga javob berar ekan. 

Uning qöşimça qilişiça, Berlin politsiyasi yodgorliklarda navbatçilik qiladi va u yerda provokatsiyalar bölmasligini ta’minlaydi. Bir kun avval Berlin politsiyasi 8 va 9 may kunlari Rossiya bayroqlari, georgiy lentalari, kiyim-keçak, ordenlar, harbiy va marş qöşiqlari, şuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini madh etuvçi ramzlar, jumladan, Z belgisini taqiqlaş haqida buyruq çiqardi. 

Ukrainaning Berlindagi elçisi Rossiya qöşinlari harakati haqida

Vegner Ukrainaning Germaniyadagi elçisi Aleksey Makeyev bilan birgalikda uruş va zulm qurbonlari xotirasiga bağişlangan Noyye Vaxe Berlin memorialiga gulçambar qöydi. 

«Men Berlin meriga bugun Ukrainada uruş ketayotganini aytdim, ruslar esa ukrainaliklar Ikkinçi jahon uruşi paytida töqnaş kelgan harakatlarni sodir etmoqda», - dedi Makeyev DW muxbiri bilan suhbatda. Diplomat yodgorlik poyiga gul qöyib, ukrainaliklarning natsizm ustidan qozonilgan ğalabaga qöşgan hissasini yodga oldi.

Şuningdek, u Berlin politsiyasi rahbari 8 va 9 may kunlaridagi aksiyalar çoğida Ukraina jamoatçiligini himoya qilişni taklif etganini aytdi. Makeyev sovet va Rossiya ramzlariga ega namoyişçilar tomonidan provokatsiyalar sodir bölsa, huquqni muhofaza qiliş organlarini xabardor qiliş kerakligini bildirdi. Bunday ramzlar Berlinda bölmasligi kerak, deya ta’kidladi Ukraina elçisi.

Şols: Biz har doim tinçlik va erkinlikni himoya qilişimiz kerak 

Germaniya kansleri Olaf Şols Ikkinçi jahon uruşi tugagan kun munosabati bilan tabrik e’lon qildi. «8 may - Germaniya va butun dunyo milliy sotsializm zulmidan ozod qilingan kun. Bu kun bizga tinçlik, erkinlik, demokratiya va qonun ustuvorligini har doim himoya qilişimiz kerakligini eslatib turadi», - deyiladi Şolsning ijtimoiy tarmoqdagi mikroblogida.