Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi
General Motors joriy yil noyabr oyidan Chevrolet Malibu avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Kompaniya bu qarorni asosiy e’tibor elektr transport vositalari ishlab chiqarilishiga qaratilayotgani bilan izohlagan.
Foto: Chevrolet
General Motors kompaniyasi joriy yilning kuzidan boshlab benzinda harakatlanadigan Chevrolet Malibu avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatilishini e’lon qildi.
Ayni paytda ushbu avtomobil ishlab chiqarilayotgan Fairfax zavodi yangi avlod Bolt elektr xetchbeklari uchun ixtisoslashtiriladi. Bundan tashqari, xuddi shu zavod qisqa tanaffusdan keyin Cadillac XT4 krossoverini yig‘ishni yana davom ettiradi. Bolt’dan farqli o‘laroq, XT4 an’anaviy benzinli dvigatellar qatorini saqlab qoladi.
Ma’lumot uchun, GM 1964 yildan boshlab ushbu rusumdagi avtomobillarni dastlab Chevelle, keyin esa Malibu brendi ostida ishlab chiqarib kelayotgan edi. O‘tgan davr mobaynida ushbu modelning 10 milliondan ortiq sotuviga erishilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2012 yilning mart oyidan boshlab O‘zbekistonda ham Chevrolet Malibu avtomobilini yig‘ish boshlangandi. Ayni paytda ushbu avtomobil UzAuto Motors tomonidan 419 mln so‘mdan xaridorlarga taklif qilinmoqda.
Mavzuga oid
00:19 / 07.11.2025
Prezident GM rahbari bilan mahsulot turlarini kengaytirishni muhokama qildi
15:26 / 06.07.2025
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi
13:34 / 05.07.2025
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi
23:53 / 04.07.2025