Prezident Şavkat Mirziyoyev Vaşingtonga amaliy taşrifining işbilarmonlik dasturi doirasida “General Motors International” kompaniyasining global ijroçi direktori Şilpan Aminni qabul qildi.

Uşbu korporatsiya bilan uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi. “General Motors International” kompaniyasining Özbekiston avtomobil sanoatini rivojlantiriş va diversifikatsiya qilişdagi muhim örni qayd etildi.

Sönggi 5 yil içida kompaniya tomonidan 1,6 million dona avtomobil işlab çiqarildi, Özbekiston “Chevrolet” brendi uçun AQŞdan keyin ikkinçi yirik bozorga hamda Markaziy Osiyo va MDH bozorlarida sotuvlar böyiça yetakçiga aylandi.

Işlab çiqariş kooperatsiyasini yanada rivojlantiriş, mahsulotlar turini kengaytiriş va mahalliylaştirişni çuqurlaştirişga alohida e’tibor qaratildi.

Zamonaviy maşinasozlikda talab yuqori bölgan yangi texnologiyalar va xomaşyo resurslari sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.