O‘zbekiston | 02:52 / 31.10.2018
5532
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasi” AJning ustav fondidagi davlat ulushi sotiladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ikki oy muddatda:

  • O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda respublikaning barcha hududlarida seminarlar o‘tkazsin va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga birja va ulgurji savdo faoliyatini tashkil etish bo‘yicha zarur amaliy yordam ko‘rsatilishini ta'minlash;
  • manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “O‘zbekiston respublika tovar xomashyo birjasi” AJning ustav fondidagi davlat ulushini sotish bo‘yicha “Toshkent” respublika fond birjasida birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy takliflar o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish vazifasini oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi esa bir oy muddatda MDHga a'zo davlatlarning monopoliyaga qarshi kelishilgan siyosatini amalga oshirish to‘g‘risidagi Shartnomani belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritadi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid