Neft treyderlari AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan «samarali muzokaralar» haqidagi postni e’lon qilişidan 15 daqiqa oldin bir neça yuz million dollarlik şubhali bitimlarni amalga oşirdi, keyin esa narxlar keskin tuşib ketdi, deb yozadi Financial Times.

Trampning posti Vaşington vaqti bilan soat 07:04 da paydo böldi, soat 6:49 va 6:50 oraliğida esa Nyu York birjasida Brent va WTI nefti savdosi böyiça umumiy qiymati qariyb 580 million dollarga teng bölgan 6200 dan ortiq fyuçers bitimlari tuzilgan. Tramp AQŞ Eron elektr stansiyalariga zarbalarni beş kunga keçiktirişi haqida e’lon qilganidan keyin esa neft narxi quladi, fond indekslari kötarila boşladi. Qayd etilişiça, birjadagi bunday vaziyat köp davom etmagan – Eron tomoni heç qanday muzokaralar ötkazilmayotgani haqidagi ma’lum qilgaç, indekslar pasayib, neft fyuçerslari narxi kötarilgan.

Ayni vaqtda Trampning bayonoti arafasida tuzilgan neft fyuçerslari böyiça kelişuvlar muvofiqlaştirilgani yoki yöqligi aniq emas. Biroq, birja tahlilçilaridan biri ta’kidlaganidek, tanlangan vaqt «savollar tuğdiradi». «Kimdir hozirgina ança boyib oldi», – deya izoh beradi naşrning boşqa bir suhbatdoşi.

Oq uydagilar esa «prezident Tramp va uning ma’muriyati mulozimlarining yagona maqsadi – Amerika xalqi uçun eng yaxşisini qiliş» ekanini ta’kidlab, insayderlik ma’lumotlari sizib çiqişi haqidagi gumonlarni rad etmoqda.

«Oq uy ma’muriyatning biror-bir amaldori insayder ma’lumotlaridan noqonuniy ravişda foyda olişiga yöl qöymaydi va amaldorlar bunday faoliyat bilan dalillarsiz şuğullanayotgani haqidagi har qanday işoralar asossiz xabarlardir», – degan Oq uy matbuot kotibi örinbosari Kuş Desai.