Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIBB: kelib tushgan video bo‘yicha chora ko‘rildi
Foto: IIBB axborot xizmati
Yaqinda Toshkent shahar IIBB YHXB telegram-botiga video qayd etish uskunasi orqali tushirilgan video kelib tushdi, deb xabar bermoqda IIBB axborot xizmati.
Videoda Farhod ko‘chasidagi boshqarilmaydigan piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan piyodalarni mashinalar o‘tkazib yuborayotganlari aks etgan. Faqatgina “Matiz” rusumli taksi mashinasi tezlikda piyodalarni o‘tkazmasdan o‘tib ketgan.
Ushbu avtomobil haydovchisi 43 yoshli S.Ya. ekanligi aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi (“Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi”) asosida bayonnoma tuzildi.
“Hurmatli haydovchilar va piyodalar, bir-biringizni hurmat qiling va yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling. Yodingizda bo‘lsin: YHQni mensimasdan o‘z hayotingiz va sog‘lig‘ingiz, shuningdek o‘zgalarning hayoti uchun xavf tug‘dirgan bo‘lasiz”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:00 / 15.12.2025
Samarqand darvoza-Qoratosh chorrahasida Lacetti piyodani urib yubordi
13:15 / 03.12.2025
Mirobod tumanida Chery haydovchisi piyodani urib yubordi
09:51 / 22.11.2025
Barcha viloyatlarda avtomobildan xoli hududlar tashkil etildi
16:27 / 22.09.2025