Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentdagi Yutong elektrobuslaridan biri piyodani urib, bosib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan “Toşşahartransxizmat”ning munosabat bildirişiça, voqea 19 sentabr kuni soat 06:53 larda 4-Avtobus saroyi filiali tasarrufidagi 57-avtobus bilan sodir bölgan.

2000 yilda tuğilgan va umumiy mehnat faoliyati 3 yil bölgan haydovçi avtobusni Yangihayot tumani Çoştepa köçasi böylab boşqarib kelib, Erkin qörğoni oxirgi bekatiga kirayotganida bekat hududidan ötayotgan piyodani transport vositasining öng yon tomoni bilan urib, bosib ketgan. Ma’lumotlarga köra, fuqaro 2007 yilda tuğilgan.

Haydovçi zudlik bilan avtobus harakatini töxtatib, piyodani şahar Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borgan va unga birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan. Hozirda piyodaning ahvoli yaxşi ekani aytilmoqda.

“Sodir bölgan yöl-transport hodisasi örnatilgan tartibda Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan rasmiylaştirilib, dastlabki tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 18 sentabr kuni poytaxtning Kiçik beşyoğoç köçasida ham şunga öxşaş holat yuzaga kelgandi. Tirbandlikdan qoçib, tez yordam uçun maxsus yölakdan harakatlangan avtobus oldidan çiqqan piyodani urib yuborgandi.