Toşkent şahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qilişiça, joriy yilning 14 dekabr kuni soat 23:10 larda Şayxontohur tumani Samarqand darvoza—Qoratoş köçalari çorrahasida yöl-transport hodisasi qayd etilgan.
Ma’lumotga köra, Lacetti rusumli avtomaşina haydovçisi yölning belgilanmagan joyidan kesib ötayotgan piyodani urib yuborgan. YTH oqibatida piyodaga şifokorlar tomonidan birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda. YHXB barça yöl harakati qatnaşçilarini yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qilişga çaqirdi.







