Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni Fransiya milliy bayrami munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 iyul kuni prezident Emmanuel Makronni Fransiya milliy bayrami – Bastiliya ishg‘ol etilgan kun munosabati bilan tabrikladi”, deyiladi xabarda.
1789 yil 14 iyulda Buyuk fransuz inqilobi davomida Bastiliya qal'a-qamoqxonasi shturm bilan egallangan. Oradan bir yil o‘tib, 1790 yil 14 iyulda qirol farmoni bilan Mars maydonida milliy bayram tantanalari o‘tkazilgan. Ushbu bayram tantanalarida butun Fransiyaning turli hududlaridan 100 mingga yaqin kishi qatnashgan, tantanalar davomida harbiy parad bo‘lib o‘tgan.
1880 yil 6 iyulda qabul qilingan qonunga muvofiq 14 iyul milliy bayram kuni deb e'lon qilingan.
Mavzuga oid
21:51 / 15.05.2026
Prezidentning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakuniga yetdi
18:58 / 15.05.2026
“Ajdodlarimiz merosiga tayanib, Turkiy dunyoning yangi raqamli taraqqiyot davrini barpo etyapmiz” - Shavkat Mirziyoyev
18:37 / 15.05.2026
O‘zbekiston prezidenti Turkistonning tarixiy-madaniy markazi bilan tanishdi
18:10 / 15.05.2026