Oliy martabali mehmonlar Markaziy Osiyodagi islom me’morçiligining yorqin yodgorliklaridan biri, Qozoğistonning boş ma’naviy markazi bölgan Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qildilar.

XIV asr oxirida Amir Temur farmoyişiga binoan barpo etilgan uşbu maqbara bugungi kunda YuNeSKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan bölib, Markaziy Osiyodagi örta asr islom me’morçiligining eng noyob va muhtaşam namunalaridan biri hisoblanadi. Uning qurilişi 1389-1391 yillarda boşlanib, XIV asr oxiriga qadar davom etgan. Majmuani bunyod etişda Movarounnahr ustalari, şuningdek, boşqa hududlardan kelgan me’mor va naqqoşlar qatnaşgan.

Yetakçilar buyuk söfiy şoir va mutafakkir xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Şuningdek, delegatsiyalar rahbarlari “Hazrat Sulton” muzey-qöriqxonasining taşriflar markazi bilan tanişdi. Bu yerda ziyoratçilar va mehmonlarni qabul qiliş, körgazmalar taşkil etiş hamda Turkistonning boy tarixiy-madaniy merosini namoyiş qiliş uçun zamonaviy şaroitlar yaratilgan. Markazda örta asrlar davriga oid noyob merosni saqlaş, örganiş va keng tarğib etişga qaratilgan doimiy muzey ekspozitsiyasi – “Noyob eksponatlar zali” alohida örin tutadi.

Ekspozitsiyada Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi bilan boğliq nodir tarixiy yodgorliklar, jumladan, XIV-XV asrlarga mansub osori atiqalar, örta asrlar me’moriy va amaliy bezak san’ati hamda kulolçilik namunalari örin olgan. Maqbaraning asl eşigi, Xoja Ahmad Yassaviy qabri ustidagi yopinçiq, Amir Temur tomonidan hadya qilingan bronza şamdonlar, şuningdek, Turkistonning qadimiy tarixini oçib beruvçi arxeologik va keramik topilmalar şular jumlasidan.

Bunday yodgorliklar va madaniy loyihalar ma’naviy merosni asrab-avaylaş, tarixiy xotirani mustahkamlaş, muştarak ildizlar, e’tiqod va an’analar bilan boğlangan qardoş xalqlarimizni yanada yaqinlaştirişda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.