Ish beruvchilarga ayrim xodimlari uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi qoplab beriladi
Hukumat qarori bilan Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan to‘liq qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, ish beruvchilar tomonidan to‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ularning yosh xodimlari quyidagi talablarga mos kelishi kerak:
- ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi so‘ralayotgan hisobot oyida yosh xodim 25 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
- uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan hamda ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (elektron qayd) mavjudligi.
Ish beruvchi tomonidan ariza u soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatda turgan soliq organiga ijtimoiy soliq hisoboti taqdim etilganidan keyin 3 oydan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
Ariza kelib tushgan sanadan boshlab 5 ish kuni mobaynida arizaning talablarga muvofiq yoki muvofiq emasligi o‘rganiladi.
To‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, avtomatlashtirilgan dasturda 1 ish kunida soliq organining xulosasi shakllantiriladi.
Nizom 2021 yil 1 maydan 2023 yil 15 yanvargacha to‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berishga nisbatan tatbiq etiladi.
Bunda 2022 yil dekabr oyi uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati 2023 yil 1 aprel kuni etib belgilanadi.
Mazkur tartib budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
Nizom 2023 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.
Mavzuga oid
19:31 / 14.11.2024
Aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1,5 ming dollar olgan xodim ushlandi
15:53 / 07.11.2024
Yaponiya va Polshaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi
11:30 / 31.10.2024
Uch hududda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
07:50 / 26.10.2024