Siz yangi işga joylaşdingiz. Oylik beriladigan kuni hisobçi sizga naqd pul solingan konvertni uzatdi. Hammasi risoladagidek: pul qölingizda, bemalol sarflaşingiz mumkin. Lekin oradan bir neça oy ötgaç, nimadir notöğri ekanini seza boşlaysiz.
Foto: FreepikFoto: Freepik
Quyida biz nima uçun kulrang maoş köproq mablağ işlaşga yordam bermasligi, aksinça – sizni pulingiz, huquqlaringiz va kelajakka işonçingizdan mahrum qilişi haqida sözlab beramiz.
Maqola informatsion tusga ega bölib, yuridik maslahat hisoblanmaydi. Bahsli holatlarda malakali yuristga murojaat qiliş tavsiya etiladi.
Kulrang maoş nima va bu qanday işlaydi
Kulrang maoş – bu kompaniyaning sizga rasman minimum (odatda 1–2 million söm) oylik maoş tölab, qolgan qismini konvertga solib qölingizga naqd pulda berişi. Iş haqi vedomostida boşqa summa körsatiladi, qölingizga esa boşqa summa tegadi.
Mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori davlat tomonidan belgilab qöyilgan. Bu miqdor hozirda oyiga 1 mln 271 ming sömga teng. Ayrim iş beruvçilar hujjatlarda ana şu minimal miqdorni körsatadi va şu summadan 12% daromad soliğini uşlab qolib, 25%ga yaqin ijtimoiy soliqni tölaydi (Soliq qodeksining 258-moddasi). Qolgan qismini esa soliqlarsiz, uşlamalarsiz – naqd pulda olasiz.
Bu nega xavfli
Iş beruvçi rasmiy daromaddan 12% daromad soliğini uşlab qolişi va uni davlat budjetiga ötkazişi şart. Bundan taşqari, kompaniya iş haqi jamğarmasidan 25%ga yaqin ijtimoiy badal tölaydi – aynan şu badallar sizning pensiya stajingiz va nafaqa oliş huquqingizni şakllantiradi.
Maoşning bir qismi konvertda berilganida esa, bu pullardan badal tölanmaydi. Demak, pensiya staji oşmaydi, mehnat ta’tili va kasallik varaqasi böyiça tölovlar hisoblanmaydi, kredit, viza yoki subsidiya rasmiylaştirişda daromadni tasdiqlaşning esa iloji bölmaydi.
Misol: Sizga 5 million söm va’da qilişdi. Şartnomada 1,5 million söm körsatilgan. Iş beruvçi uşbu summadan soliq tölaydi. Qolgan 3,5 million söm esa konvertda beriladi – u rasman mavjud bölmaydi.
Qoğozda hammasi qonuniydek körinadi, amalda esa bu sizning hisobingizga soliqlardan böyin tovlaşning klassik sxemasi.
Qonunga köra, ta’til puli örtaça maoş böyiça hisoblanadi (Mehnat kodeksining 257-moddasi). Iş beruvçi tomonidan oxirgi 12 oy davomida rasman tölangan barça daromadlar hisobga olinadi.
Ta’til puli = kunlik örtaça maoş × ta’til davridagi iş kunlari soni
Faqat hujjatda körsatilgan mablağ hisobga olinadi. Konvertdagi pullar heç qayerda qayd etilmagan – demak, ular hisobga olinmaydi.
Misol: 5 mln söm maoşga bir yil işladingiz, lekin bu vaqtda rasmiy maoşingiz 1,5 mln söm bölgan. Endi, 28 kunga ta’tilga çiqyapsiz.
Bu holatda qölingizga tegadigan summa: 1 500 000 / 25,3 × 24 = 1 423 000 söm
Agar hammasi rasmiy bölganida, bu summa quyidagiça bölardi: 5 000 000 / 25,3 × 24 iş kuni (6 kunlik iş haftasida) = 4 743 000 söm
Bu holatda siz 3,3 million söm yöqotasiz.
Töğri, ayrim iş beruvçilar ta’til pulining kulrang qismini tölab berişadi, lekin bu kafolatlanmagan.
Nima qiliş mumkin
Rahbariyat bilan kelişişga urinib köring. Lekin sizga rad javobi berilişi yoki pul töliq miqdorda berilmasligiga tayyor turing.
Bemorlik: har safar kasal bölganingizda bir milliondan yöqotasiz
Agar oğrib qolib kasallik ta’tiliga çiqsangiz, sizga vaqtinça mehnatga layoqatsizlik tölovi berilişi kerak (MK 286-modda). Uning miqdori mehnat stajiga boğliq (Vazirlar Mahkamasining 31.05.2024 yildagi 314-sonli Qaroriga 1-ilova):
Muammo: tölov rasmiy maoş böyiça hisoblanadi.
Misol
Gripp bölib qoldingiz. Şifokor 10 kun davolanişni buyurdi (1-10 fevral). Stajingiz 9 yil — örtaça maoşning 80% miqdori berilişi kerak.
Rasmiy maoş — 1,5 mln söm. Real maoş — 5 mln söm.
Olişni möljallayapsiz: 5 000 000 / 25,3 × 8 iş kuni (6 kunlik iş haftasida) × 80% = 1 264 800 söm
Yöqotasiz: 885 400 söm — bir marta kasal bölganingizda.
“Dekret puli” bilan ham xuddi şunday.Homiladorlik va tuğruq nafaqalari rasmiy maoş böyiça hisoblanadi. Ikki yoşgaça bölgan farzand parvarişi uçun nafaqa ham xuddi şu sxema böyiça hisoblanadi.
Nima qiliş mumkin
Hamkasblaringizdan kasallik uçun tölov qanday tölanişini sörang. Barçasini iş beruvçi bilan avvaldan muhokama qilib oling. Ehtimol, kompaniya tafovutni norasmiy ravişda tölaşi mumkin, lekin köpinça bunday bölmaydi.
Işdan böşatiliş: 10,5 million söm yöqotasiz
Agar kompaniyada ştat qisqarsa, sizga işdan böşatiş nafaqasi tölanişi kerak (MK 173-modda). Uning miqdori iş stajiga boğliq:
Qöşimça tölovlar
Işdan böşatilgandan keyin iş topolmasangiz, sizga nafaqa tölanadi (MK 100-modda):
● Ikkinçi oy uçun – yana bir oylik örtaça maoş (agar işga joylaşmasangiz)
● Uçinçi oy uçun – yana bir oylik örtaça maoş (agar bandlik markazida röyxatda tursangiz)
Faqat bu tölovlar rasmiy iş haqi böyiça hisoblanadi.
Misol: Siz 8 yil işladingiz. Rasmiy maoşingiz — 1,5 mln söm, real maoş — 5 mln söm.Işdan böşatilganingizda olişni möljallayapsiz:
● Jamğarib boriladigan pensiya: 0,1%. Bu sizning şaxsiy pensiya hisobvarağingiz, unda yiğilgan pullar pensiyaga çiqqan vaqtingizda biryöla tölab beriladi.
Barça badallar faqat rasmiy maoşdan hisoblanadi. Konvertdagi pullar heç qayerda hisobga olinmaydi.
Pensiya qanday hisoblanadi
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti töğrisida”gi qonunga asosan, pensiya miqdori – iş staji va badallar tölangan örtaça maoşga boğliq.
Bazaviy pensiya = örtaça maoş × 55%
Staj uçun ustama = örtaça maoş × 1% × (ortiqça iş stajining har bir töliq yili)
Yakuniy pensiya = bazaviy pensiya + staj uçun ustama
Misol: Siz 30 yil işladingiz. Bu davr mobaynidagi rasmiy maoşingiz – 1,5 mln söm. Real maoşingiz – 5 mln söm.
Hisobingiz böyiça pensiya:
● Bazaviy: 5 000 000 × 55% = 2 750 000 söm
● Staj uçun ustama: 5 000 000 × 1% × 5 yil = 250 000 söm (erkaklar uçun minimal staj — 25 yil, sizda 30 yil, demak +5 yil)
Kutyapsiz: oyiga 3 000 000 söm
Aslida olasiz:
● Bazaviy: 1 500 000 × 55% = 825 000 söm
● Ustama: 1 500 000 × 1% × 5 = 75 000 söm
Jami olasiz: oyiga 900 000 söm
Tafovut: har oy 2,1 million söm– umringiz oxirigaça.
Bu nimani anglatadi
Agar pensiyaga çiqqaningizdan söng 20 yil hayot keçirsangiz, siz yöqotasiz:
2 100 000 × 12 oy × 20 yil = 504 000 000 söm
500 million sömdan ortiq – iş beruvçi badallarni faqat rasmiy maoşingizdan tölagani uçun.
Yakuniy hisob: hayotingiz davomida qança yöqotasiz
30 yil davomida kulrang maoşga işlagan erkak misolida körib çiqamiz (rasmiy 1,5 mln, haqiqiy 5 mln):
Salkam 650 million söm – 30 yil işlagandan söng.
Bular faqat töğridan töğri moliyaviy yöqotişlar. Bunga kirmaydi:
● ipoteka oliş imkoniyatidan mahrum böliş;
● vizalar bilan boğliq qiyinçiliklar;
● ijtimoiy kafolatlarning yöqligi.
Yuridik xatarlar: kim va nima uçun javob beradi
Kim köproq javobgar
Rasman, iş beruvçi soliq agenti hisoblanadi: daromad soliğini aynan u uşlab qolişi kerak (Soliq kodeksining 23-moddasi). Ammo qonun böyiça işçi soliq tölovçi hisoblanadi. Agar soliq tölanmasa, har ikki tomon javobgar böladi. Xususan, xodim qonun buzilişiga rozi böladi.
Qonunçilik asoslari:
● Soliq kodeksining 23-moddasi: zimmasiga soliqlarni hisoblab çiqariş, soliq tölovçidan uşlab qoliş va budjet tizimiga ötkaziş majburiyati yuklatilgan şaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladi.
● Soliq kodeksining 346-moddasi: soliq summasi tölov manbaida uşlab qolinmagan taqdirda, soliq agenti soliqning uşlab qolinmagan summasini va u bilan boğliq penya summasini qonun hujjatlariga muvofiq budjetga kiritişi şart.
Agar nizo yuzaga kelsa (masalan, işdan böşatiş nafaqasi tölanmasa), sizga pul tölaşlari kerakligini isbotlaşingiz juda qiyin böladi, çunki maoş hujjatlarda aks etmagan.
Agar iş beruvçiga nisbatan jinoyat işi qözğatilsa, sizni ham bu sxemaga aloqadorlik böyiça tekşirişlari mumkin. Nazariy jihatdan, xodim ham Jinoyat kodeksining 184-moddasi böyiça javobgarlikka tortilişi mumkin.
Iş beruvçi esa, Jinoyat kodeksining 184-moddasi – soliqlar yoki yiğimlarni tölaşdan böyin tovlaşda ayblanişi mumkin. Birinçi qoidabuzarlik uçun BHMning 150 baravarigaça jarima yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlanadi. Takroran yoki köp va juda miqdorlarda sodir etilganda, jazo oğirlaşib boradi.
Odatda, rahbarlar, boş buxgalterlar va biznes egalari javobgarlikka tortiladi (Oliy sud Plenumining 2013 yil 31 maydagi 81-sonli qarori).
Agar kulrang maoş olayotgan bölsangiz, nima qilişingiz kerak
1. Iş beruvçi bilan gaplaşing
Barçasini rasman hujjatlaştirişini sörang. Sizga u yoki bu ehtiyojlaringiz yoki şunçaki xotirjamlik uçun “oq” maoş kerakligini ayting. Ayrim kompaniyalar qimmatli xodim bilan kelişib işlaydi.
2. Agar iş beruvçi rad etsa – boşqa iş qidirişni boşlang
Ayniqsa, quyidagilarni rejalaştirgan bölsangiz:
● xonadon yoki maşina sotib oliş;
● farzandli böliş (dekret puli);
● pensiyaga çiqiş.
3. Özingizni yuridik tarafdan himoya qiling
Agar iş beruvçi sizni kulrang maoşga işlaşga majburlasa, şikoyat qiling. Bu sizning bunday sxemada öz xohişingiz bilan iştirok etmaganingizni isbotlaydi.
1. Soliq qömitasiga murojaat qiling
Arizani my.soliq.uz saytida şaxsiy kabinet orqali beriş mumkin.
2. Davlat mehnat inspeksiyasiga şikoyat qiling
Buni dmi.mehnat.uz orqali onlayn yoki 1176 telefon raqami yoxud @mehnathuquqbot Telegram-boti orqali amalga oşiriş mumkin.
3. Barça dalillarni saqlab qöying
Yozişmalar, tölov qaydnomalari, iş grafigi haqidagi ma’lumotlarni saqlab qöying. Agar iş tekşiruvgaça yetib borsa, bu hujjatlar sizning bunday sxemada öz xohişingiz bilan iştirok etmaganingizni isbotlaydi.
Agar yangi iş qidirayotgan bölsangiz:
Mehnat şartnomasini diqqat bilan öqib çiqing. Oylik maoş töliq körsatilgan bölişi kerak. Agar şartnomada boşqa summa, suhbat vaqtida boşqa summa aytilsa – bu qizil çiroq degani.
Bölajak hamkasblaringiz bilan gaplaşing. Agar imkon bölsa kompaniyadagi xodimlardan maoş qanday tölanişini sörang.
Kompaniya nufuzi haqida ma’lumot oling. Iş qidiriş saytlaridagi izohlarni öqing. Agar maoşlar tölovi borasida köplab salbiy fikrlar bildirilgan bölsa — bu işga kirmaslik uçun yetarliça sabab.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi