Muzaffarbek To‘raboyev - Olimpiya o‘yinlari sovrindori
O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ikkinchi medaliga sazovor bo‘ldi.
–100 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Muzaffarbek To‘raboyev bronza medalini qo‘lga kiritdi.
U uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda ispaniyalik Nikoloz Sherazadishvilini ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu To‘raboyev va Sherazadishvili o‘rtasida uchinchi to‘qnashuv bo‘ldi. Oldingi bahslar 2022 va 2024 yillardagi Parij «Katta dubulg‘a» turnirlarida o‘tkazilgan va tomonlar bittadan g‘alabaga ega edi. Endi esa O‘zbekiston vakili o‘zaro hisobda oldinga chiqib oldi – 2:1.
To‘raboyev olimpiyadagi debyutida qozog‘istonlik Nurlixan Sharxandan ustun kelgan, keyin chorakfinalda niderlandiyalik Mixail Korrelni mag‘lub etgandi.
Ammo yarimfinalda jahon va Yevropa chempioni ozarboyjonlik Zelim Kotsoyevga qarshi tatamiga chiqib, imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi jamg‘argan medallar 2 taga yetdi – 1 ta oltin va 1 ta bronza.
Mavzuga oid
15:40 / 01.08.2024
Muzaffarbek To‘raboyev yarimfinalga chiqdi
14:52 / 04.03.2024
Toshkentdagi turnirda o‘zbekistonlik dzyudochilar 6 ta medal oldi
17:21 / 26.09.2023
Osiyo o‘yinlari kundaligi. Delegatsiya bayroqdori oltin oldi
11:35 / 07.08.2023