–100 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan dzyudoçi Muzaffarbek Töraboyev Olimpiada medali uçun kuraşni davom ettirmoqda.
U Olimpiadadagi debyutini qozoğistonlik Nurlixan Şarxanga qarşi ötkazib, uni qisqa fursat içida ippon bahosi bilan mağlub etdi.

Çorakfinalda esa niderlandiyalik Mixail Korreldan ham ippon bahosi bilan ustun keldi.
Endi u bir neça soatdan keyin final yöllanmasi uçun ozarboyjonlik Zelim Kotsoyevga qarşi tatamiga çiqadi.
Ma’lumot uçun, 24 yoşli Töraboyev jahon çempioni (2022), Osiyo öyinlari ğolibi (2023) va Osiyo çempioni (2024) hisoblanadi.
Şuningdek, ayollar örtasida –78 kg vazn toifasida Irisxon Qurbonboyeva 1/8 finalda yaponiyalik Rika Takayamaga mağlub bölib, turnirni tark etdi.
Şu tariqa, özbekistonlik dzyudoçi qizlar yakkalik bahslardagi iştiroklarini yakunlaşdi va faqat Diyora Keldiyorova medal (oltin) qölga kiritdi.













