Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda 2 mln 680 ming dollarga yangi maktab qurildi
Foto: kruz.uz
4 sentabr kuni "Uz–Kor Gas Chemical" qo‘shma korxonasining buyurtmasiga binoan Qo‘ng‘irot tumani "Qirq qiz" posyolkasida yangi zamonaviy 384 o‘rinlik maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Kruz.uz.
Yangidan qurilgan maktab atrofida landshaftli dizayn o‘rnatilgan, boshqa maktablarda uchramaydigan bahosi 4 milliard so‘mga teng bo‘lgan sport yadrosi, zamonaviy sport zali, yog‘ochdan gazlamalar ishlab chiqarish stanoklari, qizlar uchun tikuv mashinalari qurilgan mehnat xonalari, lingafon xonasi, 14 turdagi milliy asboblar olib kelingan musiqa xonasi, jami 22 ta kompyuter o‘rnatilgan 2 informatika xonasi, kutubxona, 120 o‘ringa mo‘ljallangan faollar zali to‘liq foydalanishga tayyor.
2 million 680 ming AQSh dollari sarflangan mazkur zamonaviy obekt 6 oy davomida "ENEP" xorij korxonasi, "Alrut Build" MChJning ustalari tomonidan sifatli qurib bitkazildi. Obektda 200 dan ortiq ishchi va muhandislar tinimsiz ish olib borishdi.
"Qirq qiz" posyolka fuqarolar yig‘inidan 700 oilada 4 mingga yaqin fuqarolar yashaydi. Shundan 500 ga yaqini maktab yoshidagi bolalarni tashkil etadi.
Ochilish marosimida Qo‘ng‘irot tumani hokimi Sh.Temirbayev, Ustyurt gaz-kimyo kompleksining direktori T.Jo‘rayev ishtirok etdi.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025