O‘zbekiston | 17:33 / 13.09.2025
3665
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ikki davlat - Isroil va Falastinni tashkil etish to‘g‘risidagi BMT rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi

«Nyu-York deklaratsiyasi» nomini olgan hujjat G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish, garovga olinganlarning barchasini ozod qilish, yashovchan va suveren Falastin davlatini yaratish va boshqalarni nazarda tutadi.

Foto: OON / L.Felipe

BMT Bosh Assambleyasi 12 sentabr kuni Falastin muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish va ikki davlat - Isroil va Falastinni tuzish to‘g‘risidagi deklaratsiyani ma’qulladi.

Deklaratsiyani 142 mamlakat, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston ham yoqladi. 10 davlat qarshi bo‘ldi, ular orasida AQSh va Isroil bor. 12 davlat, jumladan, Ispaniya, Kamerun va Shimoliy Makedoniya betaraf qoldi.

«Nyu-York deklaratsiyasi»ning «yo‘l xaritasi» quyidagilarni nazarda tutadi:

- G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish;

- garovga olinganlarning barchasini ozod qilish;

- yashovchan va suveren Falastin davlatini yaratish;

- HAMASni qurolsizlantirish va G‘azodagi boshqaruvdan chetlatish;

- Isroil va arab mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish;

- xavfsizlikning jamoaviy kafolatlari.

Isroil elchisi Dani Danon ovoz berishdan oldin deklaratsiyani «bir tomonlama» deb atab, u «tarixga tinchlik sari qadam emas, balki faqat Assambleya obro‘siga putur yetkazuvchi navbatdagi quruq ishora sifatida kirishini» aytdi.

Mavzuga oid