Shavkat Mirziyoyev: «Tadbirkorlar valutani hozirgidek 4 kunda emas, yarim soatda sotib olishi mumkin bo‘ladi»
Kelasi yili banklararo valuta bozori “onlayn” platformaga o‘tkaziladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomada ma'lum qildi.
“Mana, valuta bozori erkinlashganiga ham 3 yildan oshdi. Shu davrda erkin valuta ayirboshlash bo‘yicha yurtimizda yetarli tajriba to‘plandi. Endi iqtisodiyotimizning xorijiy valutaga bog‘liqlik darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish kerak.
Shu maqsadda, kelgusi yilda valuta kreditlari ulushini hozirgi 50 foizdan 45 foizga, ya'ni kamida 2 milliard dollarga pasaytirish lozim.
Kelgusi yilda milliy valutada chiqariladigan xalqaro obligatsiyalar ulushini hozirgi 25 foizdan kamida 40 foizga oshirish zarur.
Shu bilan birga, kelasi yili banklararo valuta bozori “onlayn” platformaga o‘tkaziladi va tadbirkorlarga valutani bevosita bankning o‘zidan sotib olish uchun imkoniyat yaratiladi. Natijada tadbirkorlar valutani hozirgidek 4 kunda emas, yarim soatda sotib olishi mumkin bo‘ladi”, - dedi prezident.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi Jahon banki va Xalqaro valuta jamg‘armasi mezonlariga ko‘ra xavfsiz hisoblanadi.
“Ayni vaqtda tashqi qarz hisobidan hududlarda amalga oshiriladigan loyihalar bundan buyon mahalliy Kengashlar va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Ularning natijalari to‘g‘risida jamoatchilikka hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, davlat nomidan tashqi qarz olish kamaytirilib, investitsiya va infratuzilma loyihalariga ko‘proq xususiy kapital jalb etiladi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
19:45 / 06.02.2024
Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi
19:10 / 22.01.2024
Prezidentga sportdagi natijalar va rejalar bo‘yicha axborot berildi
19:05 / 22.01.2024
«Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi» tashkil etiladi
09:47 / 19.01.2024