Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulk kadastri sohasida davlat xizmatlari narxi o‘zgardi
Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, ko‘chmas mulk obektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi o‘zgartirildi.
Ko‘chmas mulk obektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmati uchun undiriladigan yig‘im miqdori yangilandi.
Bunda ko‘chmas mulkning umumiy maydoniga qarab quyidagi narxlar belgilandi:
- 100 kv metrgacha – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (ilgari mazkur narx bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari miqdorida bo‘lgan);
- 100 kv metrdan 1000 kv metrgacha – obektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi (ilgari obektning 1 kv metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda hisoblangan);
- 1000 kv metrdan 5000 kvadrat metrgacha – bazaviy hisoblash miqdorining 17,25 baravari (ilgari bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda hisoblangan);
- 5 ming kv metrdan 15 ming kvadrat metrgacha – bazaviy hisoblash miqdorining 34,5 baravari (ilgari bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda hisoblangan);
- 15 ming kv metrdan 50 ming kvadrat metrgacha – bazaviy hisoblash miqdorining 57,5 baravari (ilgari bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda hisoblangan);
- 50 ming kv metrdan ortiq bo‘lgan – bazaviy hisoblash miqdorining 80,5 baravari (ilgari bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari, 25 foizga ko‘paytirilgan holda hisoblangan).
Mavzuga oid
18:25 / 13.01.2026
Harbiy xizmatni o‘taganlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
20:17 / 09.01.2026
“Bu – milliy qadriyatning bir qismi” – vazir Ozodbek Nazarbekov to‘yda qo‘shiq aytib, qistirilgan pullarni olganiga izoh berildi
15:57 / 29.12.2025
Toshkentda kadastr xodimi 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
18:54 / 10.12.2025