Loyihaga köra, köçmas mulkni ommaviy baholaş işlari Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi huzuridagi Kadastr agentligining Köçmas mulkni ommaviy baholaş milliy markazi tomonidan amalga oşiriladi.
Hujjatda ommaviy baholaş — öxşaş tavsif va xususiyatlarga ega obektlarni guruhlaştirib, ularning bozor narxiga yaqin bölgan qiymatini aniqlaş jarayoni sifatida belgilangan.
Texnik yöriqnomaga muvofiq, ommaviy baholaşni ötkaziş bir neça bosqiçni öz içiga oladi. Jumladan, obektlar böyiça ma’lumotlarni töplaş va tahlil qiliş, ularni guruhlaş, hududlarni narx va baholaş böyiça zonalaştiriş, narx şakllantiruvçi omillar hamda koeffitsiyentlarni belgilaş va şundan söng obekt qiymatini hisoblaş nazarda tutilgan.
Loyihada obektlar uçta asosiy guruhga ajratilişi belgilanmoqda: köp kvartirali uylardagi turar joylar, yakka tartibdagi turar joylar hamda noturar joylar. Zarur hollarda ular qöşimça kiçik guruhlarga ham bölinişi mumkin.
Şuningdek, köçmas mulk bozori ma’lumotlarini töplaşda elektron savdo platformalari, notarial bitimlar, rieltorlik taşkilotlari, tijorat banklari va boşqa oçiq manbalardan foydalaniş nazarda tutilmoqda.
Loyihada obekt qiymatiga ta’sir qiluvçi asosiy omillar ham aniq körsatilgan. Ular qatorida joylaşuv, quriliş materiali, umumiy maydon, qavat, ta’mirlanganlik darajasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanganlik, transport va ijtimoiy infratuzilmaga yaqinlik kabi mezonlar bor.
Hujjatga köra, ommaviy baholaş natijalari Agentlikka taqdim etiladi va tasdiqlanganidan söng rasmiy veb-saytga joylaştiriladi. Mulkdorlar öz obektlarining qiymati haqidagi ma’lumotni kadastr raqami orqali oliş imkoniyatiga ega böladi.
Bundan taşqari, ommaviy baholaş natijalaridan norozi bölgan mulkdorlar va boşqa manfaatdor şaxslar Ijro etuvçi organ yoki sudga murojaat qilişi mumkin. Bunday murojaatlar maxsus komissiya tomonidan körib çiqiladi.
Mazkur yöriqnoma köçmas mulkni ommaviy baholaş jarayonini yagona tartib asosida amalga oşiriş, hisob-kitoblarni şaffoflaştiriş va obektlar qiymatini bozorga yaqinlaştirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

















