O‘zbekiston pandemiyaga Qozog‘istonga qaraganda yaxshiroq tayyor bo‘lib chiqdi - Forbes
O‘zbekistonda o‘lim holatlari darajasi past, tug‘ilish darajasi esa Qozog‘istonga qaraganda yuqori.
Forbes nashri mutaxassislarining ma'lumotiga ko‘ra, pandemiya paytida sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish masalasi birinchi o‘ringa chiqdi.
2020 yilda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasining asosiy kapitaliga bir yil avvalgiga nisbatan 2,2 baravar ko‘p - 305,1 mlrd tenge sarmoya kiritdi. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash sohasiga investitsiyalar ulushi YaIMga nisbatan juda ham past ko‘rsatkich - 0,4 foizni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, O‘zbekistonda sohadagi kapital qo‘yilmalarning ulushi YaIMdan 1 foizni tashkil qildi.
Pandemiyadan oldingi yillarda (2016-2019) Qozog‘istonda sog‘liqni saqlash sohasiga investitsiyalar ulushi deyarli bir xil darajada saqlanib qolgan bo‘lsa, O‘zbekistonda biroz o‘sish kuzatilgan.
Qozog‘istonda o‘lim ko‘rsatkichi O‘zbekistonga qaraganda ancha yomon. Xususan, 2020 yil yanvar-dekabr oylarida mamlakatda 162,6 ming kishi vafot etdi - bu bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 22,1 foizga ko‘p. Shu davrda aholisi Qozog‘istonga nisbatan 1,8 baravar ko‘p bo‘lgan O‘zbekistonda biroz ko‘proq inson vafot etdi - 175,6 ming kishi, yillik o‘sish 15,5 foizni tashkil etdi. Qozog‘istonda o‘lim koeffitsiyenti 1000 kishiga 8,6, O‘zbekistonda 5,1ga teng bo‘ldi.
Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash sohasidagi xavfsizlik bo‘yicha global reytingda O‘zbekiston pandemiyaga tezkor reaksiya bildirish va uni yumshatish bo‘yicha nisbatan tayyor holatda ekani qayd etildi, mamlakat 195 o‘rindan 138-pog‘onani egalladi. Shu bilan birga, Qozog‘iston bu ko‘rsatkichda ham ortda qoldi va 143-o‘rinda qayd etildi.
O‘tgan yili, pandemiya e'lon qilinganidan keyin, Qozog‘istonda ham, O‘zbekistonda ham tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish choralari ko‘rildi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda ustama pul miqdori Qozog‘istonga qaraganda ancha yuqori bo‘ldi. O‘zbekiston prezidenti pandemiya davrida koronavirus aniqlangan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan va kasallanganlar joylashtirilgan muassasalarda faoliyat olib borgan shifokorlarga har oyda 2,7 ming AQSh dollari, hamshiralar va laborantlarga - 1,6 ming dollar, sanitar xodimlarga - 1,1 ming dollar, boshqa xodimlarga - 530 dollar to‘lanishini ma'lum qildi.
Shu bilan birga, Qozog‘iston bosh vaziri sog‘liqni saqlash xodimlari 3 oy davomida, xavfli zonalarda ishlashiga qarab, 1,9 ming dollar, 947,5 dollar, 473,7 dollar miqdorida ustama puli olishini bildirdi (2020 yil mart oyidagi kurs bo‘yicha - USD/KZT - 448,57; USD/UZB kursi - 9570,88).
Bundan tashqari, Qozog‘iston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi shifokorlarga ustama puli to‘lashda ko‘p millionlik qonunbuzarlik holatlarini aniqladi.
Tug‘ilish jarayonida o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha ham Qozog‘iston O‘zbekistondan yomonroq natijani qayd etdi.
2020 yilda Qozog‘istonda tug‘ilganlar soni 425,6 ming kishini, 1000 kishiga tug‘ilish koeffitsiyenti 22,4 kishini tashkil etdi. O‘zbekistonda ushbu davrda tug‘ilishlar soni 734,1 ming kishiga o‘sdi, tug‘ilish koeffitsiyenti - 24,6 kishi. Qozog‘istonda umr ko‘rish darajasi ham O‘zbekistondagidan yomonroq: pandemiya sodir bo‘lgunga qadar, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 73,2 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 73,6 yoshga teng edi.
Mavzuga oid
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024
Rossiya Qozog‘istondagi uran qo‘shma korxonalaridagi ulushini Xitoyga sotadi
16:30 / 13.12.2024
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev hayotiga oid ma’lumotlar maxfiylashtiriladi
21:59 / 11.12.2024