«COVID-19 pandemiyasi hozirda bizga uzoqda qolib ketgan, unutilgan xotiradek tuyulmoqda. Uni jahondagi mojarolar, geosiyosiy va iqtisodiy silkinishlar soyaga solib qo‘ydi. Lekin keyingi pandemiya shunchaki kutib turmaydi. U 20 yildan keyin ham sodir bo‘lishi mumkin, yoki hatto ertagayoq yuzaga kelishi mumkin. Biz tayyor bo‘lishimiz kerak», — dedi Tedros Adanom Gebreyyesus.
Bosh direktor davlatlarni JSSTning pandemiya to‘g‘risidagi kelishuvini yakunlash jarayoniga faolroq jalb etilishga chaqirdi. U ta’kidlashicha, agar mamlakatlar alohida-alohida harakat qilsa, u holda global sog‘liqni saqlash xavfsizligiga erishishning iloji bo‘lmaydi.















