Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosmik sayyohlar uchun XKSga yo‘llanma 60 mln dollar atrofida bo‘ladi
NASA 2020 yildan boshlab Xalqaro kosmik stansiyaga sayyohlarni jo‘natishni yo‘lga qo‘yadi. NASA moliyaviy boshqarmasi rahbari Jyeff DeVittning ma'lum qilishicha, bitta yo‘llanmaning narxi qariyb 60 mln dollar bo‘ladi.
NASA kosmik sayyohlar uchun davomiyligi 30 kundan ortiq bo‘lmagan qisqa muddatli missiyalarni taklif etadi. Parvozlar bir yilda ikki marta amalga oshiriladi.
"Hozirda har bir astronavtimiz uchun 80 mln dollar atrofida pul to‘lamoqdamiz, tijorat parvozlari esa arzonroqqa tushadi – taxminan 58 mln dollar bo‘ladi", - dedi Jyeff DeVitt.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi narxni astronavtlarni stansiyaga eltish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar - Boeing va SpaceX belgilaydi. Bunda sayyohlar XKSda o‘tkazgan har bir sutkasi uchun 35 ming dollardan to‘lashadi.