Oyga parvoz qilayotgan, bortida tört nafar astronavt bölgan “Orion” kosmik kemasi “Artemida-2” (Artemis II) missiyasi doirasida Yer orbitasidan çiqib, uning tabiiy yöldoşi tomon yönaldi. Payşanba, 2 aprel kuni AQŞ şarqiy sohili vaqti bilan soat 19:49 da (Grinviç vaqti bilan 23:49, Markaziy Yevropa vaqti bilan 00:49) kema dvigatellariga translunar injyeksiya impulsi berildi. Bu esa “Orion”ga Yer orbitasidan çiqiş uçun yetarli tezlanişni ta’minladi.
AQŞ Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq etiş boşqarmasi (NASA) ma’lumotiga köra, dastlabki hisobotlar uşbu bosqiç rejada közda tutilganidek amalga oşganini körsatmoqda. Şu tariqa, missiya start olganidan to uning Oy tomon parvozi boşlangunga qadar biroz ortiqroq 25 soat vaqt ötdi.
“Artemida-2” lunar missiyasi doirasidagi “Orion” kosmik kemasi 1 aprel kuni AQŞ şarqiy sohili vaqti bilan soat 18:35 da Florida ştatidagi Kanaveral burunidan uçirildi. Uning ekipaji 10 kun içida Oyni aylanib çiqib, Oy yuzasiga qönmasdan Yerga qaytişi kerak. Yer yöldoşi qariyb 400 ming kilometr uzoqlikda joylaşgan. Bundan oldingi Oyga parvoz 50 yildan ortiq vaqt avval — 1972 yil 7 dekabrda “Apollon-17” kosmik kemasida amalga oşirilgan edi.
“Orion”ning yangi uçirilişi AQŞning yangi Oy dasturi tarixidagi ikkinçi bosqiç böldi. 2022 yil dekabrida dasturning birinçi bosqiçi — “Artemida-1” yakunlangan edi: “Orion” sinov tariqasida, uçuvçisiz rejimda Oyga parvoz qilib, uning orbitasida bir neça hafta bölgan va Yerga qaytgan.
Dasturning uçinçi bosqiçi — “Artemida-3” doirasida esa insonlar Oyga qöndirilişi kerak.
“Orion”ning hozirgi ekipaji tarkibida Rid Uayzman, Jyeremi Xansen, Kristina Kox va Viktor Glover bor. Glover Oy missiyasida iştirok etayotgan birinçi afroamerikalik, Kox esa bunday missiyada qatnaşgan birinçi ayol-astronavt böldi.
NASA “Artemida” dasturi tuzilganini 2019 yilda e’lon qilgan edi. Uning maqsadi — AQŞni Oyga qaytariş, muntazam pilotli missiyalarni yölga qöyiş va Marsga parvozlar uçun oraliq baza yaratişdan iborat.












