Tört nafar astronavt bölgan ekipaj bilan “Orion” kosmik kemasi Florida ştatidagi Kanaveral burunida joylaşgan Kennedi nomidagi Kosmik markazning 39A maydonidan uçirildi. Parvoz 1 aprel kuni AQŞ Şarqiy sohili vaqti bilan soat 18:35 da, Markaziy Yevropa vaqti bilan esa 2 aprel kuni 00:35 da amalga oşirildi.

NASA şu kuni avvalroq ma’lum qilişiça, dunyodagi eng yirik raketa-taşuvçi hisoblangan Space Launch System (SLS) beş soat davomida 2,65 million litrdan ortiq kriogen yonilği bilan töldirilgan. Yonilği quyilgandan keyin uning umumiy oğirligi taxminan 2,6 ming tonnani taşkil etgan.

“Orion” ekipaji tarkibiga Rid Uayzman, Jyeremi Xansen, Kristina Kox va Viktor Glover kirgan. Viktor Glover Oy missiyasida iştirok etayotgan birinçi afroamerikalik astronavt bölsa, Kristina Kox bunday missiyada qatnaşgan birinçi ayol astronavtga aylandi. Ekipaj 10 kun içida Oyni aylanib çiqib, Yerga qaytişi lozim.

Avvaliga “Orion”ning uçirilişi 2026 yil mart oyiga rejalaştirilgan edi. Biroq 21 fevral kuni NASA matbuot xizmati parvoz “noma’lum muddatga” qoldirilganini ma’lum qildi. Muhandislar kemani Yer atrofi orbitasiga olib çiqişi kerak bölgan SLS raketa-taşuvçi tizimida geliy uzatiş bilan boğliq nosozliklarni aniqlagan.

“Artemida-2” missiyasi uçun tayyorlangan SLS raketa-taşuvçisi va “Orion” kosmik kemasi 20 mart kuniyoq Floridadagi start maydoniga örnatilgan edi.

“Orion”ning bu galgi parvozi AQŞning yangi Oy dasturi tarixidagi ikkinçi bosqiç böldi. Dasturning birinçi bosqiçi — “Artemida-1” — 2022 yil dekabr oyida yakunlangan edi. Öşanda “Orion” sinov tariqasida, ekipajsiz holda Oy tomon parvoz qilib, uning orbitasida bir neça hafta bölgan va keyin Yerga qaytgan.

Dasturning uçinçi bosqiçi — “Artemida-3” — doirasida esa 50 yildan ortiq tanaffusdan keyin insonlar yana Oyga qönişi kutilmoqda.

NASA “Artemida” dasturi taşkil etilganini 2019 yilda e’lon qilgan. Uning asosiy maqsadi AQŞni Oyga qaytariş, muntazam pilotli missiyalarni yölga qöyiş hamda Marsga parvozlar uçun oraliq baza yaratişdan iborat.