Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi quriladi
Foto: EETC
2019 yilda Misrda dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi o‘z ishini boshlaydi. Benban Solar Park deb ataluvchi bu elektr stansiyani qurish qiymati 823 mln dollarni, quvvati esa 1,6-2 GVtni tashkil qiladi. Stantsiya cho‘lda, 37,3 kvadrat kilometr maydonda joylashadi. Loyiha davlat tomonidan moliyalashtirilmaydi, biroq 25 yillik muddatga shartnoma bilan ta'minladi. Shartnomaga ko‘ra, Misrning Egyptian Electricity Transmission Company davlat kompaniyasi stansiyadan bir kVt-soat elektr energiyani 7,8 sent narxida sotib oladi.
Umumiy hisobda stansiya 32 ta quyosh qurilmasidan iborat bo‘ladi. Ulardan umumiy quvvati 165 MVtni tashkil qiluvchi birinchilari ishlatila boshlandi.
Bugungi kunda Misrda quyosh energetikasidagi umumiy quvvati 1,5 GVt bo‘lgan 29 ta loyihaga 1,8 mlrd dollar ajratilgan. 2018 yilda mamlakat “gigavatt klubi”ga kirishi kutilmoqda, ya'ni mamlakatda 1 GVt lik quyosh qurilmalari ishga tushiriladi.
Mavzuga oid
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026
O‘zbekiston va Misr gepatit C uchun dori vositalari ishlab chiqaradi
10:21 / 26.02.2026