Ma’lum qilinişiça, Özbekiston Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi hamda Misrning ACDIMA va Dentafill Plus kompaniyalari vakillari örtasida onlayn muloqot bölib ötdi.

Muzokaralarda ikki davlat örtasida farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, zamonaviy dori vositalari işlab çiqariş texnologiyalarini transfer qiliş hamda ularni mahalliylaştiriş masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikning birinçi bosqiçi sifatida Özbekiston bozori uçun gepatit C virusiga qarşi Daclatasvir va Sofosbuvir preparatlarini işlab çiqarişni boşlaşga kelişib oldi.

Loyiha doirasida işlab çiqariş texnologiyalarini bosqiçma-bosqiç Özbekistonga ötkaziş, misrlik mutaxassislarni jalb etiş, mahalliy kadrlarni tayyorlaş va işlab çiqariş quvvatlarini moslaştiriş közda tutilgan.

Bundan taşqari, uçraşuvda mingdan ortiq turdagi dori vositalarini mahalliylaştiriş imkoniyatlari hamda Özbekistonda insulin işlab çiqarişni yölga qöyiş istiqbollari ham körib çiqildi.

Qayd etilişiça, mazkur hamkorlik milliy farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş, importga qaramlikni kamaytiriş hamda ikki mamlakat örtasidagi sanoat kooperatsiyasini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.