Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyati takomillashtiriladi
Foto: Simurg Travel
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
milliy istiqlol g‘oyalariga hamohang, badiiy jihatdan yuksak, xalqchil sahna asarlarini sahnalashtirish, tomosha va konsert dasturlarini yaratish;
xalqimiz, ayniqsa yoshlar qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, ularni ona Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat, gumanizm g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib sahna asarlari, tomoshalar va konsert dasturlari bilan hissa qo‘shib borish;
aholini turmush madaniyatini oshirish, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an'analar, milliy bayramlarni tiklash hamda davom ettirishda ko‘maklashish;
teatr va tomosha san'atini keng targ‘ib etish maqsadida mamlakatimizdagi va chet ellardagi muassasalar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish;
teatr va tomosha san'ati oldiga qo‘yilgan vazifalarni samarali tashkil etish uchun xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha choralarni ko‘rish, ularni ma'naviy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, tashabbuskorlikni rag‘batlantirishning samarali usullarini joriy etish;
ko‘rgazmalar, festival, ko‘rik-tanlov, ma'ruzalar, madaniyat, san'at, ilm-fanning atoqli arboblari bilan uchrashuvlar, benefis, teatr spektakllari, maxsus tayyorlangan dasturlar, dam olish va ijodiy kechalar, maqsadli teatrlashtirilgan marosim kechalari va boshqa tomosha tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish;
mamlakatda va xorijda teatr va konsert-tomosha gastrol faoliyatining keng ko‘lamli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari;
pullik xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar;
mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar
va tashkilotlarning grantlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Milliy va jahon teatr, opera va balethamdakonsert-tomosha san'atining boy an'analarini yuksaltirish, asrab-avaylash va rivojlantirish, zamon talablari darajasidagi sahna asarlarini sahnalashtirish, ularda milliy an'analarimizni ulug‘lash orqali umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, jahon teatr, musiqa va tomosha san'ati sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlaridan unumli foydalanish va targ‘ib qilish davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining maqsadi hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
15:50 / 31.12.2025