Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda yong‘oq plantatsiyalari tashkil etiladi
Samarqand viloyatining Urgut tumanida turk texnologiyasi asosida yong‘oq yetishtirish bo‘yicha plantatsiyalar tashkil etiladi, deb yozmoqda “Zarafshon” nashri.
2016 yilning 6-12 dekabr kunlari viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassislari, yer resurslari va davlat kadastri idorasi vakillari, olimlar, tadbirkor va fermerlar Turkiyaning Istanbul, Anqara, Bursa, Yalova viloyatlari tog‘oldi hududlarida yong‘oq plantatsiyalari tashkil etish tajribasini o‘rganib qaytdi.
“Yong‘oq daraxti yer tanlamaydi, suvga chidamli, tog‘da ham, dashtda ham o‘saveradi. Ana shu jihatlarni e'tiborga olib, Turkiyaning tog‘li hududlarida bo‘lgan paytimizda yong‘oqzorlar agrotexnologiyasini o‘rganib, iqlim sharoitimizga mos navlarni tanladik. O‘rganishlarimiz natijasiga ko‘ra, ular orasida "Chantler" navi viloyatimiz iqlimi, havo, suv, yer sharoitiga mos ekan. Eng asosiysi, bu navli yong‘oqning mevasi yirik, yupqa po‘choq va oq mag‘izli. Bu esa bugungi bozor talabiga mos”, - deya ta'kidlab o‘tdi M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand filiali direktori Jamshid Ahmadjonov.
Ayni kunda filialning 2 gektar maydonida yong‘oq ko‘chati yetishtirish uchun yer tayyorlangan. Kelgusi yilda uni Urgut tumanining 4,5 ming gektar tog‘oldi va dasht hududiga ekish ko‘zda tutilgan. Ayni kunlarda maxsus dastur asosida nafaqat ushbu yer maydonlari, balki tumanda yong‘oqdan tashqari bodom, tok kabi ekinlarni ekishga mo‘ljallangan 10 ming 200 gektar va Jomboy tumanining 300 gektar tog‘oldi hududidagi maydonlar ham bu mevalar plantatsiyalarini tashkil etish uchun o‘zlashtirilmoqda.
Ayni damda yong‘oq Turkiyaning Qaramon, Kastomo‘nu, Haqqyori, Bursa va To‘kat viloyatlarida yetishtiriladi. So‘nggi vaqtlarda esa 49 yilga mo‘ljallangan bepul yer taqdim etish, shuningdek, foizsiz moliyaviy yordam tufayli bu mahsulot Tekirdog‘, Denizli, Bitlis, Qirshixire, Chanoqqal'a, Gumushane va Bingo‘l viloyatilarida ham paydo bo‘ladi boshladi. Eng ommabop nav Chantler bo‘lib, u har bir daraxtdan o‘rtacha 34 kilogramm hosil beradi.
Mavzuga oid
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026
Samarqand shahridagi avtoavariyada PPX xodimi halok bo‘ldi
18:30 / 29.04.2026